O‘rta hajmli krossover Chevrolet Equinox o‘zbek bozoriga 2019 yilda kirib kelgan.
Chevrolet Equinox zamonaviy, o‘ziga xos tashqi dizaynga ega. Uning, dizaynida Chevrolet’ning uslub va samaradorlikka sodiqligi saqlab qolingan. Tumanga qarshi chiroqlar bilan birlashtirilgan LED faralar haydovchi uchun har qanday ob-havo sharoitida optimal ko‘rinishni ta’minlaydi.
Equinox yaxshi o‘ylangan ergonomikaga ega ixcham, manyovrli krossover. Asosan shaharda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Qolaversa, 9 bosqichli avtomat uzatma avtomobildan shahar tashqarida ham foydalanishga imkon beradi.

Equinox'ning 2.0 litrli turbo dvigateli 236 ot kuchiga ega. Avtomobil 100 km tezlikka erishishi uchun 7,8 soniya kifoya qiladi. Aralash siklda yoqilg‘i sarfi 100 km uchun 8,2 litrni tashkil qiladi.
Bugun siz bilan yangilangan Equinox 2022 avtomobilining 3-pozitsiyasini ko‘rib chiqyapmiz. Bu modelning eng muhim afzalligi uning yangi gibrid tizimidir. Yumshoq gibrid start-stop tizimi bilan ishlaydi. Ushbu avtomobillarda oddiy generator o‘rniga kuchli quvvatga ega motor-generator o‘rnatilgan. U sekinlashganda elektr energiyasini ishlab chiqarib, yuqori quvvatli akkumulyatorni zaryadlaydi.


Avtomobil yukxonasi klassik holatda 670 litrni tashkil etadi va orqa o‘rindiqlar yig‘ilganida esa haydovchi 1627 litrga teng yukxonaga ega bo‘ladi.
Avtomobilning qo‘shimcha qulayliklari – salonga kalitsiz kirish, panoramali lyuk, eshik va yukxona bo‘limining elektruzatmasi, svetodiodli orqa va old faralar, yomg‘ir sezgich tizimi, isitiladigan va elektrbukiladigan oynalardan iborat.






