O‘zbekiston | 08:14 / 31.12.2021
39821
2 daqiqa o‘qiladi

UzAuto Motors yangi Chevrolet Equinox narxlarini e’lon qildi

UzAuto Motors yangi Chevrolet Equinox MY2022 narxlarini e’lon qildi.

Foto: UzAuto Motors

Qayd etilishicha, Chevrolet Equinox yumshoq gibrid start-stop tizimi bilan ishlaydi. Avtomobillarda oddiy starter o‘rniga kuchli quvvatli motor-generator o‘rnatilgan. U sekinlashganda elektr energiyasini ishlab chiqarib, yuqori quvvatli akkumulyatorni zaryadlaydi. Ichki yonish dvigateli oddiy generatorni aylantirish uchun kamroq energiya sarflaydi yoki umuman sarflamaydi. 

Foto: UzAuto Motors

Yangi gibrid tizimi aynan elektromobilning elektr rejimida ishlay olmasa ham, u shunga o‘xshash gibrid bo‘lmagan versiyalarga nisbatan shaharda ham, magistralda ham yoqilg‘i samaradorligini oshirishni ta’minlaydi. Aynan ushbu tizim sababli yoqilg‘i sarfi sezilarli darajada kamayadi va 100 km uchun atigi 7,01 litrni tashkil qiladi.

Foto: UzAuto Motors

Narxlar:

1.5T LS FWD komplektatsiya: 250 732 510 so‘m;
2.0T 1LT FWD MH komplektatsiya: 338 260 870 so‘m;
2.0T 1LT AWD MH komplektatsiya: 365 217 391 so‘m;
2.0T 3LT AWD MH komplektatsiya: 391 304 348 so‘m.

Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

Foto: UzAuto Motors

Mavzuga oid