Bugun erkin bozor munosabatlari bilan işlaydigan Ğarb kompaniyalari reklamaga har yili milliardlab pul tölaşadi. Masalan, 2021 yilda AQŞning yirik kompaniyalari reklama uçun 81 milliard dollar sarflaşgan. Ular orasida eng köp mablağni Amazon işlatgan – 10,43 milliard dollar.

Keskin raqobat şakllangan bozorda kompaniyalar reklama berişda turli usullardan foydalanişadi. Telekanallarda, internet tarmoqlarida qisqa roliklar beriladi. Köçalarga ilingan reklama bannerlarga matnli suratlar ilinadi va hokazo.

Ayrim hollarda ular ajabtovur usullardan ham foydalanişadi. Ana şunday reklamadan Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi bundan 33 yil avval foydalangan.

Aviakompaniya umrbodlik aviaçiptalarni savdoga çiqargan va undan bir donasini salmoqli summaga sotgan. Qiziği, öşa paytda çiptani sotib olgan Tom Stuker ism-şarifli şaxs hamon parvoz qilyapti.

Ötgan davr mobaynida u parvoz bilan boğliq juda köplab rekordlar örnatişga ulgurdi. Katta ehtimol bilan uning rekordlarini heç kim takrorlay olmasa kerak.

Tom Stuker \ Foto: expressen.se

Tavakkal iş

1990 yil. Nyu-Jyersi ştatida yaşovçi, maşinalar savdosi böyiça maslahatçi Tom Stuker (Tom Stuker) tonggi gazetani közdan keçirayotib United Airlines aviakompaniyasi tomonidan berilgan reklamani körib qoladi.

Reklamada aviakompaniya barça xohlovçilarga «arzimagan» 290 ming dollar evaziga öz samolyotlarining biznes-klass bölimida umrbod uçiş imkoniyatini beradigan çipta sotib olişni taklif etgandi.

Bu taklif bir tarafdan ança qulay, ikkinçi tomondan ayyorona edi. Çunki örtahol va öziga biroz töq amerikaliklar mamlakat içida va boşqa qit’alarga bir neça yuz dollarga uçib boriş mumkin bölgan vaziyatda salkam 300 ming dollarga çipta xarid qilmasdi.

Qolaversa, öşa paytda 290 ming dollar amerikaliklar uçun ham juda katta pul edi. Şu sababli çiptalarga faqat bir kişi xaridor böladi xolos.

Öşa paytda 36 yoşli Tom Stuker millioner emasdi. Hatto unda oşiqça 300 ming dollar pul ham yöq edi. Biroq Tom United Airlines aviakompaniyasi taklif etayotgan çiptadan sotib olişga qaror qiladi. U sönggi çaqalarini yiğib çiptani xarid qiladi.