Milliy tabiat boğlari – nafaqat mavjud noyob ekotizimni saqlab qoliş, balki ekotizimga öziga yetkazilgan zararlardan keyin tiklaniş imkonini beriş maqsadida ham taşkil etiladi. “Manzil” loyihasi şunday maskanlardan biri – Namangan viloyatidagi Pop milliy tabiat boğida böldi.

1986 yil Ukraina hududidagi Çernobel atom elektrostansiyasida sodir bölgan avariya sababli butun bir hududdan insonlar olib çiqib ketilgan. Bu tarixiy voqea aslida ekologik katta bir muammo bölsa-da, lekin bir vaziyatni körsatib berdi. Oradan uzoq yillar ötib, inson aralaşuvi bölmagani, tabiatning öz holiga taşlab qöyilişi uning özini özi tiklaşiga sabab böldi.

Bu voqealarni bizga, Özbekistonga nima aloqasi bor, degan savol tuğiladi. Sobiq ittifoq davrida çorvaçilik uçun ajratilgan va hozir ham davom etib kelayotgan, insonlar va xonaki hayvonlar sabab köplab hududlarda tabiat özligini yöqotgan. Kundan kun yomonlaşib borayotgan ekologik muhitda bu masalalarni qayta körib çiqmaslikning iloji yöq.

Bugun şu hududlarning ma’lum qismini qayta tiklaş, töğriroq aytganda tabiatdan unga zarar beruvçi omillarni çiqarib taşlaş böyiça işlar boşlangan. Şunday joylardan biri – Pop milliy tabiat boği. Bugungi körsatuvimizda şu jarayon va Namangan viloyati Pop tumanining ajoyib maskanlarini sizga taniştiramiz.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus

Uşbu körsatuv Özbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi