Qozoğistonlik tadbirkor Qayrat Böronboyevga nisbatan qamoq jazosi ozodlikni çeklaş bilan almaştirildi. Nursulton Nazarboyevning sobiq qudasi barça mol-mulkini davlatga ötkazdi. Qaytarilgan aktivlar orasida neft koni, gaz taqsimlaş stansiyasi, fitnes markazlari tarmoği, savdo-köngiloçar majmualari va boşqalar bor.
Sud jazoni almaştirişda tadbirkor jazo muddatining uçdan bir qismini ötaganini, yetkazilgan zararning örnini qoplaganini va qilmişiga puşaymon bölganini hisobga olgan. Sudning tuşuntirişiça, Böronboyev probatsiya nazoratida böladi.
Qayrat Böronboyev Qozoğistonning eng boy va nufuzli 50 nafar tadbirkori qatoridan joy olgan. Forbes jurnali uning boyligini 590 mln dollarga baholagan. Uning qizi sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysultonga (2020 yil avgust oyida vafot etdi) turmuşga çiqqan edi.
2022 yil mart oyida Böronboyev «Qazaq Gaz» milliy kompaniyasidan yirik miqdordagi mablağni öğirlaganlikda ayblanib, hibsga olindi.
2023 yil sentabr oyida Moliyaviy monitoring agentligi Böronboyev ixtiyoriy ravişda 90 milliard tengedan (195,4 million dollar) ortiq mol-mulkni davlatga qaytarib berganini ma’lum qildi.
Buni inobatga olgan sud sentabr oyi örtalarida Böronboyevni 6 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Şundan söng, Böronboyev qiymati 74,2 mln dollar bölgan «Qorajonbos severniy» neft koni, 29,3 mln dollar bölgan «Aziya Gaz Çundja» gaz taqsimlaş kompaniyasi, 18,8 mln dollar bölgan «Servisnyy Tsentr KazTurboRemont» zavodini davlat tasarrufiga ötkazdi.













