Rossiyalik faylasuf Aleksandr Duginning qizi Darya va «harbiy muxbir» Vladlen Tatarskiyning öldirilişi Ukraina Xavfsizlik Xizmati (UXX) tomonidan rejalaştirilgan, deb yozdi The Washington Post (WP) öz manbalari, şuningdek, Ğarb va Amerika rasmiylariga tayanib.
Naşrning ta’kidlaşiça, Darya Dugina ölgan operatsiyadan maqsad uning otasi Aleksandr Dugin bölgan. U faylasuf va konservativ publitsist, «Rus dunyosi» va neoyevrosiyo mafkurasining tarğibotçilaridan biri sifatida tanilgan. U Rossiyaning qöşni davlatlar ustidan hukmronlik qilişi kerakligi, AQŞ va NATO ta’siriga qarşi turişi lozimligi haqidagi ğoyalar tarafdori hisoblanadi. Dugin köp yillar davomida Moskvani jahon sahnasida yanada tajovuzkor bölişga çaqirib kelgan. Ğarb ommaviy axborot vositalari uni zamonaviy Rossiyaning asosiy mafkuraçilaridan biri, unga Vladimir Putin, Kreml rasmiylari va köplab amaldorlar quloq soladi deb hisoblaydi.
Qayd qilinişiça, Aleksandr Dugin boşqarişi kerak bölgan maşinaga örnatilgan portlovçi qurilmani Ukraina fuqarosi Natalya Vovk muşuk taşuvçi moslamada olib kelgan. Keyinçalik, Rossiya xavfsizlik kuçlari aynan Vovkni qotillikda ayblagan edi.
Uruşning 20 oyi davomida UXX va Ukraina boş razvedka boşqarmasi «önlab» şunga öxşaş operatsiyalarni ötkazdi. Ular orasida Ukrainaning bosib olingan hududlarida bosqinçilar bilan hamkorlik qilganlar va Rossiya tomonidan tayinlangan amaldorlarni yöq qilişga urinişlar ham bor.
Naşrning takidlaşiça, bu operatsiyalarni ötkazişda Ukraina razvedka xizmatlariga AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) yordam bergan. WP xabariga köra, MRB bu ma’lumotga izoh berişdan boş tortgan.
Avvalroq Ukraina rasmiylari Darya Dugina ölimiga aloqasi yöqligini bildirgan edi. Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak ta’kidlaganidek, «Ukraina, albatta, bunga heç qanday aloqasi yöq, çunki biz Rossiya kabi jinoiy davlat emasmiz va albatta, terrorçi davlat emasmiz».













