Toşkent viloyati çegara bojxona postida portlovçi moddani noqonuniy olib ötmoqçi bölgan yuk maşinasi töxtatib qolindi.

Viloyat bojxona boşqarmasi xabariga köra, “Yallama” çegara bojxona postiga kirib kelgan DAF yuk maşinasi belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazilganda uning bagajida yölovçi deklaratsiyasida körsatilmagan hamda oğzaki sörovda ma’lum qilinmagan 1,85 kilogramm porox moddasi borligi aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga binoan porox moddasi portlovçi moddalar tarkibiga kiradi. Ayni paytda holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini çetlab yoki bojxona nazoratidan yaşirib, deklaratsiyasiz öq-dorilar va portlovçi moddalarni Özbekiston hududiga noqonuniy olib kiriş kontrabanda jinoyati hisoblanib, bojxona çegarasidan ötkaziş uçun jinoiy javobgarlik belgilangan.