Bu iste’fo generalning taqdiri haqidagi bir neça hafta davom etgan turli miş-mişlar ortidan röy berdi: Li avgust oyi oxiridan buyon jamoatçilikka köriniş bergani yöq. Uni lavozimidan çetlaştiriş töğrisidagi qaror Butunxitoy xalq vakillari kengaşi doimiy qömitasi tomonidan ma’qullangan.

Li Şanfu 29 avgustdan keyin köriniş bermayotgandi. Öşanda u tinçlik va xavfsizlik masalalari böyiça Pekinda ötkazilgan Xitoy-Afrika forumida iştirok etgandi. 

Sentyabr oyi örtalarida The Financial Times Amerika razvedkasiga tayanib, Li Şanfu lavozimdan çetlatilgani va tergov ostida bölib turgani haqida xabar tarqatgandi. Reuters agentligi jurnalistlari Xitoydagi ön nafar anonim manba bilan suhbatlaşib, vazir korrupsiyada gumonlanayotganini xabar qilgandi.

Li Şanfu ötgan yil oktyabrida Si Jinping partiya yetakçisi sifatida uçinçi muddatini boşlaganidan keyingi davrda tösatdan lavozimdan çetlatilgan ikkinçi vazir böldi. 2023 yil iyulida taşqi işlar vazirligi rahbarligida Sin Gan örniga Van I qaytarilgan, bundan oldinroq esa  Sin ham ma’lum vaqt jamoatçilikka köriniş bermay qöygandi. Sin Ganning lavozimdan ketişi sababi hozirgaça noma’lum qolmoqda.

Li Şanfuning iste’fosi Pentagon delegatsiyasining ikki tomon örtasidagi yuqori darajadagi harbiy muloqotga yangi impuls beriş maqsadida ötkaziladigan mintaqaviy xavfsizlik forumiga taşrif buyurişiga bir neça kun qolganida e’lon qilindi.

Ğarblik hamkasblaridan farqli ölaroq, Xitoy taşqi işlar vaziri ham, mudofaa vaziri ham asosan partiya qarorlari ijrosini nazorat qiladi va taşqi siyosatda hamda mudofaa siyosatida muhim qarorlarni özlari qabul qilişmaydi. Ammo Li ham, Sin ham — davlat maslahatçilari edi, ya’ni Xitoy vazirlar mahkamasi hisoblangan Davlat kengaşida yuqori lavozimlarni egallagandi.

65 yoşli Li Şanfu Xalq ozodlik armiyasidagi taniqli şaxs hamda Xitoy Milliy-ozodlik armiyasining boşqaruv organi hisoblangan Markaziy harbiy komissiya a’zosi edi.

Li Rossiyadan qurol sotib olişga aloqadorligi uçun 2018 yilda Amerika sanksiyalariga uçragandi va uşbu mamlakat hududiga kirişi taqiqlangandi. Şundan keyin Xitoy amerikalik harbiylar bilan aloqa qilişni töxtatgan, bu asosan amerikaliklar quroli Tayvanga sotilişiga qarşi norozilik belgisi edi, şuningdek bu orqali Vaşington Liga qarşi sanksiyalarni bekor qilişi lozimligi nazarda tutilgandi.

Lining iste’fosi Xitoy tarixidagi eng muhim modernizatsiya jarayonini boşdan keçirayotgan qurolli kuçlardagi keyingi özgarişlardan darak beradimi yoki yöq, bunisi hozirça noma’lum. Si Jinping 2049 yilga borib Xitoy Milliy-ozodlik armiyasini dunyoning yetakçi jangovar kuçiga aylantiriş vazifasini qöygan, bu esa AQŞ armiyasi bilan tenglaşiş maqsadini anglatadi.