26 va 27 oktyabr kunlari Bryusselda bölib ötadigan Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlarining yiğilişida Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar paketi körib çiqiladi, dedi 25 oktyabr, çorşanba kuni sammit oldidan DW naşriga Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi. Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi 2024 yil boşigaça joriy etilişi kutilayotgan G7 davlatlari darajasida Rossiya olmoslariga embargoni muhokama qilişi kutilmoqda.
Yevropa Ittifoqining ön ikkinçi paketi nafaqat rus olmoslariga, balki alyuminiyga qarşi sanksiyalarni, şuningdek, ikki tomonlama maqsadlarda işlatiladigan tovarlarni yetkazib berişga qöşimça çeklovlarni öz içiga olişi kerak, dedi rasmiy. Uning qayd etişiça, Yevropa Ittifoqi Rossiya qurollari va öq-dorilarida topilgan komponentlarni aniqlaş masalasida Ukraina bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. «Bu aql bovar qilmaydigan narsa, lekin ularda hatto muzlatgiç çiplari ham topildi», dedi DW naşriga yuqori martabali amaldor.
Bundan taşqari, yangi jazolar paketining muhim qismi ularni çetlab ötişning oldini oliş mexanizmi böladi, deydi Bryusseldagilar.
Ukrainani qöllab-quvvatlaş ustuvor vazifadir
Yevropa Ittifoqi rasmiylarining işontirişiça, Yaqin Şarqdagi mojaro avj olganiga qaramay, Ukraina ustuvor vazifa bölib qolmoqda. Şu tariqa, 26-27 oktyabr kunlari yetakçilar Yevropa Ittifoqining 2024-2027 yillarga möljallangan uzoq muddatli budjeti va unga Ukraina uçun kiritilgan 50 milliard yevrolik yordam jamğarmasi hamda uning tuzilmasini muhokama qiladi. Xususan, Germaniya köproq grantlar uluşini va kiçikroq kreditlarni qöllab-quvvatlaydi. Aks holda, Ukrainaning katta davlat qarzi uruş tugaganidan keyin uning uçun salbiy oqibatlarga olib keladi va Xalqaro valuta jamğarmasi bilan munosabatlarini murakkablaştiradi, deya başorat qilmoqda Germaniya hukumati.
Bryusselda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanişning qonuniy yöllari böyiça muhokamalar davom etmoqda. YeI davlatlaridan birining diplomatiga köra, bu boradagi takliflarning heç biri hali kengaşda yetarliça qöllab-quvvatlanmadi, şuning uçun keyingi munozaralardan söng, jumladan, YeI sammitida Yevropa komissiyasi yoki Yevropa Ittifoqi taşqi siyosat xizmati tomonidan ham taklif taqdim etilişi kutilmoqda. Umuman olganda, diplomatlarning fikriça, xalqaro hamjamiyat va G7 darajasida yeçim topiş zarurligi va ertami-keçmi yeçim topilişi haqida umumiy tuşunça mavjud.
Ukrainaga harbiy yordam davom etadi












