Navoiy viloyati Tomdi tumanida yuk avtomaşinasini pul evaziga jarima maydonidan çiqartirib berişni va’da qilgan şaxs uşlandi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilişiça, departamentning Tomdi tuman bölimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda E.M. ismli şaxs (muqaddam sudlangan) fuqaro H.B.ning işonçiga kirib, unga nisbatan yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun töplangan hujjatlar böyiça göyoki IIBda işlovçi tanişlari yordamida uning foydasiga qaror qabul qilib berişni va’da qilgan. U yuk avtomaşinasini va temir quvurlarini jarima maydonidan çiqartirib berişi evaziga 1,5 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.











