Amerika naşrlari huquq-tartibot organlaridagi manbalarga tayanib bergan xabarga köra, aktyor Los-Anjyelesdagi uyidan jonsiz holda topilgan.
Perrining ölimi haqida birinçi bölib xabar bergan LA Times va TMZ naşrlariga köra, aktyor uyidagi jakuzida huşidan ketgan, xonada zöravonlik izlari bölmagan.
Nyu-Yorkda yaşovçi olti yoş odam taqdiri haqida hikoya qiluvçi «Döstlar» seriali 1994 yildan 2004 yilga qadar efirga uzatilgan.
Serialning sönggi epizodini AQŞda 52,5 mln kişi tomoşa qilgan, bu esa uni öşa vaqtdagi eng köp körilgan teleserialga aylantirgan.
«Mettyu nihoyatda qobiliyatli aktyor va Warner Bros. Television Group oilasining ajralmas qismi edi, – deyiladi serialni tasvirga olgan telekompaniya ta’ziyasida. – Uning komediya iste’dodini butun dunyodagilar his qilgan, uning merosi köplab kişilar qalbida yaşaydi. Bu juda oğir kun».

Perri 1969 yilda Massaçusets ştatida tuğilgan, ammo uning bolaligi Kanadaning Ottava şahrida ötgan, u şu yerda keyinroq Kanada boş vaziriga aylangan Jastin Tryudo bilan bitta maktabda öqigan.
Ösmirlik çoğida Perri Los-Anjyelesga keladi. U «Bola bola bölib qoladi» filmida Çezza Rassel rolini öynaydi, şuningdek seriallarda suratga tuşadi.
Ammo unga xalqaro miqyosdagi şuhratni «Döstlar» komediya seriali keltiradi, u bu serialda Jyennifer Eniston, Kortni Koks, Devid Şvimmer, Mett Leblan va Liza Kudrou kabi yulduzlar bilan birga öynagan. «Döstlar» barça zamonlarning eng muvaffaqiyatli seriallaridan biri bölib qoladi.
2022 yilda Perri «Döstlar, sevimlilar va katta qörqinçli narsa» nomli avtobiografiyasini e’lon qilgandi. Kitobda aktyor öz aktyorlik faoliyati, romantik munosabatlari, Jyennifer Ennistonni sevib qolgani va rad etilgani, şuningdek, köp yillar davomida alkogol va giyohvand moddalarga qaramlikka qarşi kuraşgani haqida aytib bergan.












