Toshkentda uchta tumanning ayrim qismlarida ikki kun issiq suv bo‘lmaydi
30−31 oktyabr kunlari poytaxtning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim qismlarida, jumladan, shahar markazida issiq suv bo‘lmaydi.

Foto: Veolia Energy Tashkent
30−31 oktyabr kunlari Toshkentning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarda issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Bunga 1-IM qozonxonasi gaz ta’minotidan vaqtincha uzilishi sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi.
«Bizning asosiy issiqlik energiyasini yetkazib beruvchimiz („Toshkent issiqlik markazi“ MChJ) 1-IM qozonxonasi gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi. To‘xtash sababi Hududgaz Poytaxt yuqori bosimli gaz quvuridagi rejalashtirilgan ishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ishlar 30 oktyabr kuni soat 08:00 dan 31 oktyabr soat 20:00 gacha amalga oshiriladi», — deyiladi xabarda.
Issiq suv ta’minotining to‘liq tiklanishi gaz ta’minoti qayta tiklanganidan va 1-IM qozonxonasi ishga tushirilgandan so‘ng (taxminan 31 oktyabr kuni yarim tunda) amalga oshiriladi.
O‘chiriladigan manzillar:
- Yunusobod tumani: S-4, S-5, S-6 dahalari, A.Donish, Ergashev, Bodomzor, Bog‘ishamol, G‘ulomov, Gidrometeorologiya markazi, A.Temur ko‘chalari.
- Mirzo Ulug‘bek tumani: Navnihol, Ne’mat, Shahriobod, Do‘rmon yo‘li, Mo‘minov, Ziyolilar, Xojiboyev, Qalandar, M.Ulug‘bek, Levitan, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi gospitali hududi, Sayram, Buyuk Ipak Yo‘li, M. Yusuf, Mustaqillik, Oqqo‘rg‘on, Irgashev, K.Niyozov, Murtazayev, P.Salar, P.Pishpek ko‘chalari, H.Olimjon maydoni, S-1, S-2, Yalang‘och, Bo‘z-1, Parkent dahalari.
- Yashnobod tumani: Botkina, «Tashselmash», Mirzo Ulug‘bek dahalari, Riyoziy, Parkent, Tsiolkovskiy, Maxtumquli ko‘chalari.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 14:56
-
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi
Jamiyat | 14:46
-
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil
O‘zbekiston | 14:38
-
Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 14:36
Mavzuga oid

16:42 / 25.03.2025
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

09:11 / 24.03.2025
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

15:45 / 18.03.2025
Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi

17:27 / 27.02.2025