Bugun kunduzi Özbekiston hududining katta qismida oktyabr oyi uçun quruq va juda iliq bölgan ob-havo saqlanib turadi. 

“Özgidromet” xabariga köra, kun örtasiga borib havo harorati +27...+30 darajagaça, janubda +32 darajagaça kötariladi. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasida kunning ikkinçi yarmida ba’zi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin, ba’zi joylarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayadi, havo harorati +17...+22 daraja atrofida böladi.

Ertaga Özbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelişi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida yomğir yoğadi, toğoldi va toğli hududlarda ba’zi joylarda kuçli böladi. Baland toğlarda yomğir qorga aylanişi mumkin. Buxoro, Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlarida keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +17...+22 darajagaça pasayadi.

1 noyabrda respublika böyiça yoğingarçilik töxtaydi va quruq ob-havo hafta oxirigaça saqlanib turadi. 1-2 noyabr kunlari keçasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tuşadi. Havo harorati keçalari +3...+8 darajagaça pasayadi, kunduzi 1-2 noyabrda +17...+22 daraja böladi, 3 noyabrda harorat biroz kötariladi va +19...+24 darajani taşkil etadi.

Poytaxtda bugun, 30 oktyabrda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +27...+29 daraja böladi.

31 oktyabrda havo özgarib turadi, kunning birinçi yarmida yomğir yoğadi. Ba’zi joylarda şamol 12-15 m/s gaça kuçayişi mumkin. Havo harorati +17...+19 darajagaça pasayadi.

1-2 noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi, keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Harorat keçalari +5...+8 daraja iliq böladi, kunduz kunlari +17...+20 daraja atrofida böladi.