Bu maktab 1968 yilda qurilgan, 1,4 ming nafar öquvçi öqiydi. Binosi 2 yil oldin kapital ta’mirlangan.

“Menimça” körsatuvida ma’lum qilinişiça, maktab hovlisidayoq prezidentning ta’bi xira bölgan: stadion qurib-qaqşab, taşlandiq holida yotibdi, hovlida hamma ösimliklar pala-partiş ekilgan. Şavkat Mirziyoyev Qarşi tuman hokimi Behzodjon Yusupovni hudud qarovsiz holda yotgani uçun tanqid qilgan.

“Ey tuman hokimi, sening işing-ku, viloyat hokimining işi emas-ku, qara”, – degan u. 2022 yil fevralidan buyon bu lavozimda işlab kelgan Yusupov taşrifdan keyin işdan olindi.

Şundan söng prezident öqituvçilar xonasiga kirgan, u yerdagi şaroitlar ham uni qoniqtirmagan. Mirziyoyev “maktabga raqamlaştiriş jarayoni hali yetib kelmagani, hammasi eski uslubda ekani, bugungi yoş avlodni bunday şaroitda bilim olişga qiziqtirib bölmasligi”ni aytgan.

Davlat rahbarining sözlariga köra, maktablarning quriliş standartlarini ham qayta körib çiqiş kerak.

“Senga bitta savol. Mana şu turgan joyimizda qurilişdagi eng katta xato nima?” – deya şu yerdagi mutasaddilardan biriga savol bilan yuzlangan prezident.

Şavkat Mirziyoyev şundan keyin boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatovning e’tiborini koridor derazalariga qaratgan: “Yozda issiq, qişda sovuq. Men Samarqand viloyati hokimi bölganimda özim hamma oynani ğişlab yopib taşlagandim. Hammasini yopiş kerak. Mayli, törtta emas, bitta qolsin. Buni isitib böladimi? Mana bu – beton (polni körsatib), agar bu yopilmasa, bu yer heç qaçon isimaydi”, – degan u.