Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ashxobodda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va YeXHT bosh kotibi forumi o‘tkazildi
O‘zbekiston TIV rahbari Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va YeXHT bosh kotibi forumida ishtirok etdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va YeXHT bosh kotibi forumida ishtirok etdi.
«Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Bosh kotibi forumida ishtirok etdik», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, YeXHT bosh kotibi Helga Shmid hamda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari bilan umumiy kun tartibining dolzarb jihatlari ko‘rib chiqilgan.
Xususan, chegara xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va transport aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
O‘zbekiston 1992 yil 26 fevraldan buyon YeXHT (sobiq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi) a’zosi bo‘lib, 2018 yil fevral oyida mamlakat YeXHT Parlament assambleyasi faoliyatidagi ishtirokini tiklagan.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
10:23 / 16.01.2026