Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamrohligida tungi Samarqand böylab sayr qildi.

Davlat rahbarlari YuNeSKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan Registon majmuasiga taşrif buyurdi.
Oliy martabali mehmonga uşbu Şarq me’morçiligi durdonasining quriliş tarixi, noyob naqşlari, mazkur maskan bilan boğliq maşhur voqea va şaxslar xususida sözlab berildi.

«Fransiya prezidentining taşrifi Samarqandda ötayotgani va aynan Registondan boşlangani bejiz emas. Bu yerda xalqlarimiz örtasidagi tarixiy muştaraklikni mujassam etgan jihatlar köp.
Xususan, Sohibqiron Amir Temur buyuk sarkarda, savdo va ilm-fan homiysi sifatida Osiyo va Yevropada röy bergan tarixiy özgarişlarga katta ta’sir körsatgan. XV asrda Parijda uning şarafiga «Yevropaning xaloskoriga» degan yodgorlik qöyilgan. Amir Temur va Fransiya qiroli Şarl VI bir-biriga maktublar yuborib, aloqa örnatgan. Yozişmalarda siyosiy masalalar bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy aloqalarga ham katta e’tibor qaratilgan.
Fransiyada buyuk Sohibqiron va temuriylar haqida köplab ilmiy, badiiy asarlar yaratilgan. Jumladan, fransuz mutafakkiri va adibi Volter asarida Mirzo Uluğbek, maşhur yozuvçi Jyul Vern romanida Registon mahobati haqida tölqinlanib yozilgan.
Bugun Fransiya delegatsiyasi aynan şu maydonda bölib turibdi. Tungi çiroqlar bilan yoritilgan majmuaning uluğvorligi va gözalligi mehmonlarda katta zavq uyğotdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Şu yerda Şavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron birgalikda suratga tuşdi.




Söng prezidentlar «Buyuk ipak yöli» xalqaro turizm markazidagi «Boqiy şahar» tarixiy-etnografik majmuasida bölişdi.
















