Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim (Anqara, 2023 yil 16 mart) ratifikatsiya qilindi.
O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari O‘zbekistonning Turkiy investitsiya jamg‘armasidagi ulushini bitimda nazarda tutilgan muddatlarda shakllantirish, shu jumladan uning boshlang‘ich kapitalidagi 2 000 ta aksiyaga obuna bo‘lish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbai ekanligi belgilandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bitimning bajarilishi uchun mas’ul vakolatli organ etib, Markaziy bank bitim bo‘yicha depozitariy funksiyasini bajarishi belgilandi.
Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimning asosiy maqsadi – Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida mintaqaviy savdoni va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiyotni rivojlantirishdan iborat. Ushbu bitim Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida Turkiy investitsiya jamg‘armasini ta’sis etishni hamda uning huquqiy maqomini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Shu bilan birga, Turkiy investitsiya jamg‘armasi doirasida hamkor davlatlar, jumladan, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya bilan investitsiyaviy loyihalarni, xususan, elektrotexnika, yengil sanoat, avtosanoat, charm sanoati, qurilish materiallari sohalarida qo‘shma sanoat kooperatsiyasi kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
08:36 / 27.12.2025
Hukumat zaxira jamg‘armasi va maqsadli jamg‘armalar transfertlari qayta belgilanadi
15:32 / 24.12.2025
«Treyderlik katta soha, nojoiz instrumentlar ham bor»: aksiyalar bozori haqida ekspert bilan suhbat
09:21 / 23.12.2025
Ishonchli boshqaruvchilar aktivlarini baholash har chorakda amalga oshiriladi
10:10 / 22.12.2025