Mazkur koridor Xitoydan boşlanib, qöşni davlatlar, Kaspiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya orqali ötib, Yevropa davlatlariga ulanib ketişi közda tutilmoqda. Bu yöldagi xalqaro taşuvlar uçun Özbekistonga 70 foizli çegirma berilişi ma’lum qilindi.
1 noyabr kuni Toşkentda ŞHTga a’zo davlatlarning birinçi transport forumi bölib ötdi. Unda taşkilotga a’zo davlatlar transport vazirlari, vazir örinbosarlari, temir yöl rahbarlari, transport-logistika korxonalari vakillari iştirok etib, sohadagi dolzarb muammolar, samarali xalqaro transport yönalişlarini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi. Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov bu xalqaro tadbirning ahamiyati va uning doirasida imzolangan memorandumlar haqida gapirib berdi.
Ta’kidlanişiça, ŞHTning birinçi transport forumini ötkaziş taşabbusi 2022 yil sentabr oyida Samarqand sammitida Özbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan.
“Xabaringiz bor, transport sohasida xarajatlar yuqori. Sababi Özbekiston dunyoda oçiq dengizga çiqa olmagan mamlakatlardan biri. Prezidentimizning ham taşabbuslari birinçi navbatda qöşni davlatlar bilan [hamkorlik qilib] Yevropa va Osiyoni boğlaydigan köprik bölib işlaş, özimizning mahsulotlarimizni yetkazişda barça qulaylik va imkoniyatlarni yaratişdan iborat. Bugungi tadbir ham bu narsaning bir namunasi”,– deydi vazir Kun.uz'ga bergan intervyusida.

Uning qöşimça qilişiça, Özbekistonga qulay bölgan yönalişlarning imkoniyatlaridan foydalanişda xalqaro transport koridorlari qöl keladi. Forum davomida qöşni davlatlar, u yerdan Kasbiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya hamda Turkiya orqali Yevropaga olib çiqadigan xalqaro transport koridorini barpo etiş böyiça kelişuvga erişilgan. Bu jarayonda taşuvlar uçun Özbekistonga 70 foizli çegirma berilişi kutilmoqda.
Umumiy hisoblanganda ŞHT davlatlarining birinçi transport forumida Özbekiston, Rossiya va Qozoğiston transport vazirliklari örtasida “Belarus – Rossiya – Qozoğiston – Özbekiston – Afğoniston – Pokiston” xalqaro transport yölagini yaratiş va rivojlantiriş böyiça, Rossiya, Qirğiziston bilan esa “Rossiya – Kaspiy dengizi – Turkmaniston – Özbekiston – Qirğiziston” xalqaro multimodal transport koridorini şakllantiriş böyiça özaro anglaşuv memorandumlari imzolandi. Umumiy hisobda jami 3 ta anglaşuv memorandumiga qöl qöyildi.













