Qonunchilikka ko‘ra, mamlakat bo‘ylab keksalarning sayohat qilishini rag‘batlantirish maqsadida har yili 1 noyabrdan 30 noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilishi belgilangan.

Turizm oyligi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • hududlardagi infratuzilma obektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirmalar va aksiyalar to‘g‘risida o‘z rasmiy veb-sahifasida e’lon qilib borilishi;
  • sayohat qiluvchilar uchun viloyatlararo qatnovchi avtobus, avia va temiryo‘l chiptalariga ixtiyoriy chegirmalarni e’lon qilish hamda litsenziyasi bor tadbirkorlik sub’yektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va e’lon qilish;
  • chegirmalar va aksiyalar to‘g‘risida o‘z rasmiy veb-sahifasida e’lon qilib borish;
  • respublikadagi madaniy meros obektlariga kirish chiptalariga chegirmalar e’lon qilish.