Hozir Ozarboyjon qöşinlari Armaniston çegaralari yaqinida töplanmagan. Bu haqda Armaniston Milliy Assambleyasi raisi örinbosari Akop Arşakyan xabar berdi. Avvalroq, Lemkin instituti Ozarboyjon «yaqin kunlar va haftalarda» Armanistonning Syunik viloyatini egallaş maqsadida hujum qilişi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
«Bizdagi ma’lumotlarga köra, hozirda Armaniston çegaralari atrofida qöşinlar töplanmagan. Tahdid bormi? Ritorikaning özgarişi, şuningdek, nufuzli xalqaro tuzilmalar tomonidan rezolyutsiyalar qabul qilinişi, parlamentlar, hukumatlar va turli taşkilotlarning Armanistonning hududiy yaxlitligi şubha ostiga olinmasligi haqidagi bayonotlari böyiça ma’lum ijobiy özgarişlarni qayd etiş lozim», dedi Arşakyan.
Ozarboyjonning Armaniston va Toğli Qoraboğ çegaralariga qöşin va harbiy texnika yiğayotgani haqidagi xabarlar sentabr oyi boşida paydo bölgan edi. 19 sentabr kuni Ozarboyjon armiyasi Toğli Qoraboğga kirdi.
Oktyabr oyi oxirida Turkiya va Ozarboyjon Armaniston çegarasiga yaqin Boku, Noxiçevon va Toğli Qoraboğda qöşma harbiy maşğulotlar ötkazdi.
13 oktyabr kuni Politico naşri öz manbalariga tayanib, AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken bir guruh kongressmenlarni Ozarboyjon qöşinlari yaqin haftalarda Armaniston janubiga bostirib kirişi mumkinligidan ogohlantirganini yozdi. Keyinroq Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller bu iddaolarni rad qilib, «Armaniston suverenitetiga har qanday hujum jiddiy oqibatlarga olib kelişini» ta’kidladi.
AQŞ Nevada universiteti siyosatşunoslik kafedrasi dotsenti doktor Nerses Kopalyan sözlariga köra, yaqin oylarda Ozarboyjondan keng kölamli bosqin kutilmasligi kerak, ammo yangi hujum keyingi yilda sodir bölişi mumkin.












