Fransuz tili va madaniyatini tarğib qilişga kömaklaşuvçi uşbu nohukumat notijorat taşkilot 1883 yilda Parij şahrida Jyul Vern va Lui Paster kabi öz davrining atoqli şaxslari taşabbusi bilan tuzilgan. Bugungi kunda Fransuz alyansining 800 dan ziyod filiali dunyoning 137 ta mamlakatida faoliyat yuritmoqda.

Alyansning mamlakatimizdagi birinçi filiali 2015 yilda Toşkentda oçilgan edi. Madaniyat va til sohasidagi ikki tomonlama almaşinuvlarni yanada kengaytiriş maqsadida yaqinda Samarqand şahrida yana bir filial taşkil etildi.

Taşrif çoğida davlat rahbarlari tasmani tantanali ravişda kesdilar va markazni oçib berişdi.

Prezidentlar zamonaviy jihozlangan markazning imkoniyatlari bilan tanişdi. Bu yerda fransuz tili va adabiyoti böyiça öquv kurslari taşkil etiladi. Markaz 200 nafargaça fransuz madaniyatiga qiziquvçilarni qabul qila oladi.

Alyansning Samarqanddagi faoliyati xalqlarimizni yanada yaqinlaştiriş, özaro döstlikni mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonç bildirildi.