Buldozer yoki «Killdozer» - amerikalik tadbirkor öziga nohaqlik qilgan kompaniya va şahar ma’muriyati binosini nega buzgandi?
|21:08 / 04.11.202323 06311 min
AQŞda beton zavodi egasi yonidagi ustaxonani sotib olişda ğirromlik qiladi. Kelişilgan narxni bekor qilib, yer-mulkni arzonga olmoqçi böladi. Ustaxona egasi könmagaç uning yeriga boradigan yölni tösib qöyadi. Çorasiz qolgan usta katta buldozer bilan avval beton zavodini, söng öziga nohaqlik qilgan şahar ma’muriyati binosini buzadi. Bu hodisa AQŞda juda katta şov-şuvlarga sabab böladi.
Foto: wikipedia.orgFoto: wikipedia.org
Dunyo taraqqiy etar ekan, turli davlatlarda eski binolar buzilib, yangisi quriladi. Davlat tasarrufida bölgan yer yo bino qaysidir tadbirkorga sotiladi. Yoki bir tadbirkor ikkinçisining yer-mulkini sotib oladi.
Gap «snos»lar yoki mulk oldi-sotdisi haqida ketar ekan, bu iş turli davlatlarda turliça amalga oşiriladi. Qaysidir davlatda ijro hokimiyati tomonidan yer-mulk tortib olinib, arzimagan haq tölanadi.
Boşqasida esa jarayonga ijro hokimiyati aralaşmaydi, şunçaki puli köp kompaniya boşqalarning yer-mulklarini arzonga olişga urinadi. Bunday işlarda ayrim holatlarda xaridor kompaniya turli ğirromliklardan ham qaytmaydi.
Ana şunday ğirrom savdolardan biri 2004 yilda Amerikaning Kolorado ştatida sodir böladi. Beton işlab çiqaruvçi kompaniya öz korxonasiga tutaş yerda joylaşgan ustaxona egasi Marvin Ximeyyerga ğirrom öyin qiladi. Şunda öz mijozlaridan ayrilgan usta sönggi çorani qöllaydi.
Marvin Ximeyyer \ Foto: dirty.ru
Hodisadan avval
1951 yilda Janubiy Dakotada tuğilgan Marvin Ximeyyer öz vaqtida Vetnam uruşida harbiy muhandis bölib qatnaşgandi. U öşa uruşda asosan harbiy samolyotlar hamda vertolyotlarni ta’mirlaş bilan şuğullanadi.
Uruşdan qaytgaç uzoq yillar davomida AQŞ harbiy-havo kuçlari tarkibida aerodrom texnik xodimi sifatida işlab, nafaqaga çiqadi.
1990-yillar boşida Marvin Kolorado şatatiga, Grenbi şahri yaqinidagi Grand-Leyk şaharçasiga köçib keladi. 1992 yilda u Grenbi şahar çetidan 2 akr (8,1 ming metr kvadrat) yerni 42 ming dollarga sotib oladi.
Marvin u yerda avtomobillarni ta’mirlovçi ustaxona oçadi. Boşqa qismiga avtomobillar uçun ehtiyot qism işlab çiqaruvçi korxona qurişni reja qiladi.
2001 yilgaça Marvinda heç qanday muammo bölmaydi va u ançagina mijoz orttiradi. Biroq öşa yili vaziyat tubdan özgarib ketadi va u iş faoliyatini töxtatişga majbur böladi.
Gap şundaki, 2001 yilda Marvinning yeri va ustaxonasiga tutaş bölgan yerni mahalliy kompaniyalardan biri sotib oladi va beton işlab çiqaruvçi zavod quradi.
Mazkur kompaniya ança yirik bölib, boşqa joylarda ham uning beton tayyorlovçi zavodlari bor edi. Iş boşlaganidan köp ötmay kompaniya atrofdagi yer-mulklarni sotib olib, beton zavodni kengaytirişga qaror qiladi.
Mavzuga oid
Marvin Ximeyyer \ Foto: mogilev.by
Kompaniya egasi bölgan ayol eng avval Marvinbilan oğzaki kelişuvga erişadi. Usta unga öz yer-mulkini 250 ming dollarga sotişga rozi böladi. Biroq ayol beton zavodga tutaş boşqa yer-mulklarni arzonroqqa ola boşlagaç Marvin bilan kelişuvni bekor qiladi.
Köp ötmay ayol atrofdagi barça yerni sotib olgaç Marvinning yer-mulki unga qaraşli bölgan yerning örtasida qolib ketadi. Marvinning ustaxonasini katta yöl bilan boğlaydigan köça qoladi.
Şunda ayol Marvinga yer-mulkini arzonroq bersa sotib olişi mumkinligini aytadi. Tabiiyki, u könmaydi. Şunda ayol Marvinning ustaxonasiga keladigan yölni yopib qöyadi. Oqibatda, usta çorasiz qoladi va öz mijozlaridan ayriladi.
Marvin kompaniyaning işidan şikoyat qilib, Grenbi şahar ma’muriyatiga boradi. Biroq u yerdagilar Marvinga kompaniya egasi bilan özi kelişişi kerakligini aytadi.
Keyinçalik masala şahar ma’muriyatida körib çiqilganda ayol Marvinga tuhmat qiladi. U ustaning yer-mulkini 250 ming dollarga sotib olmoqçi bölganini, biroq Marvin bu taklifni rad etib, narxni oşirganini ma’lum qiladi.
Biroq Marvin narxni oşirmaganini ta’kidlaydi. Uni yaqindan taniydiganlar buni tasdiqlaşadi va aksinça kompaniya egasi yerni arzonroq oliş uçun dastlabki taklifidan voz keçganini aytadi. Biroq şahar ma’muriyati buni e’tiborga olmaydi.
Grenbi şahri markazi \ Foto: isitestespark.com
Çorasiz qolgan Marvin kompaniya egasi bilan muzokara ötkazib köradi, biroq natija bölmaydi. Şundan söng u kompaniyani sudga beradi va yutqazadi.
Oxir-oqibat Marvin mutlaqo çorasiz qoladi va beton zavod egalari hamda öziga nisbatan nohaqlik qilgan şahar ma’muriyatiga qarşi noodatiy yöl bilan kuraşişga qaror qiladi.
Zirhli buldozer
2002 yilda Marvin Kaliforniyaga boradi va öziga boşqa yöl oçiş uçun Yaponiyaning Komatsu kompaniyasida işlab çiqarilgan yirik ölçamli, zanjirda harakatlanadigan Komatsu D355A buldozerini sotib oladi.
Komatsu D355A buldozeri \ Foto: kolesa.kz
Biroq buldozerni keltirganidan söng uning fikri özgaradi va yer-mulkini sotuvga qöyadi. Marvinning yeriga olib boradigan yöl yöqligi uçun auksionda unga bor-yöği 45 ming dollar narx belgilaşadi.
Biroq savdo Marvin uçun omadli tugaydi. Uning yer-mulkiga boşlanğiç narxdan qariyb 10 barobar köp pul taklif etişadi va 425 ming dollarga sotiladi.
Marvinga buldozerni öq ötmas texnikaga aylantiriş uçun joy kerak edi. Şu sababli u özi sotgan ustaxonani yangi egasidan ijaraga oladi va buldozerni öq ötmaydigan zirhli texnikaga aylantiriş uçun iş boşlaydi.
Ikki yil davomida Marvin buldozerning ustini ikki qavatli qalin metall bölaklari bilan örab çiqadi. Söng ular orasiga beton quyadi va zirhning qalinligi 30 santimetrga yetadi.
Marvin buldozerning tört tomoniga kamera, içiga bir neçta ekran örnatadi. Kameralarni 6-7 santimetr qalinlikdagi öq ötkazmaydigan şaffof plastik bilan örab çiqadi.
U şu tariqa temir bölaklari bilan yopib taşlangan buldozerda hamma yoqni kuzatiş imkoniyatiga ega böladi. Marvin kameralarni çang qoplab qolmasligining oldini oliş uçun ularga şamol purkaydigan moslama örnatadi.
2004 yil 4 iyun kuni Marvin zirhlangan buldozer içiga suv, oziq-ovqat zaxirasi, bir neçta öqotar qurol bilan kirib oladi va beton zavod egasi hamda unga tarafkaş bölganlardan öç oliş uçun harakat boşlaydi.
Marvin eng avval tösiqni buzib kirib, beton zavod va uning ma’muriyatini vayron qiladi. Söng Grenbi şahri markaziga qarab harakatlanadi. U manzilga yetgaç beton zavod tomonida turib öziga qarşi bir neçta maqola e’lon qilgan mahalliy gazeta tahririyati joylaşgan binoni buzib taşlaydi.
Öşa paytda hodisa joyiga darhol politsiya bölinmalari yetib keladi. Biroq buldozerni töxtatiş va uning içidan Marvinni çiqarib olişning iloji yöq edi.
Politsiyaçilar tomonidan buldozerga qarata 200 dan ortiq öqlar uziladi, biroq ular zirhni teşib öta olmasdi. Politsiyaçilar buldozerni uç marta portlatişga urinişadi. Biroq barça harakat behuda ketadi.
Marvin Killdozer bilan beton zavodni buzmoqda.
Şundan söng buldozer harakatlanayotgan tomonda joylaşgan binolarda bölgan odamlar zudlik bilan evakuatsiya qilinadi.
Marvinning navbatdagi nişoni öziga nohaqlik qilgan sudyaning uyi böladi. U sudya ham beton zavodi egasining tomonida turib nohaqlik qildi deb hisoblaydi. Undan keyin şahar ma’muriyati binosiga zarar yetkazadi.
Zirhlangan katta buldozer turli binolarni bir hamladayoq tekislab taşlar ekan, mahalliy ma’muriyat, politsiya, öt öçiruvçilar va qutqaruvçilar unga qarşi nima çora qöllaşni bilmasdi.
Buldozerga yana öqotar qurollardan öt oçib körişadi, uni brontominomyot bilan möljalga olişadi, nafi bölmaydi. Zirhlangan ulkan transportni töxtatişning mutlaqo iloji yöq edi.
Şundan söng Kolorado ştati gubernatori Bil Oins Marvinni töxtatiş uçun ikkita variantni muhokama qiladi. Biri Milliy gvardiya vertolyoti bilan tepadan turib buldozerga raketa zarbasini beriş yoki uni tanklarga qarşi qöllanadigan «Javelin» raketasi bilan nişonga oliş edi.
Biroq buldozerni nişonga olişga hojat qolmaydi. Marvin buldozer bilan hamma yoqni tekislay boşlaganiga 2 soatdan oşganda texnikada nosozlik kuzatiladi va u harakatdan töxtaydi.
Marvin politsiyaga taslim bölişni xohlamaydi va buldozer kabinasida öz joniga qasd qiladi.
Öşa kuni Marvin umumiy hisobda 13 ta turli binoga zarar yetkazadi. Odamlardan heç kim jarohatlanmaydi. Keyinçalik hisoblab qörilganda yetkazilgan zarar miqdori 7 million dollar ekani ma’lum böladi.
Hodisa haqidagi xabar Amerika OAV, telekanallar va internet tarmoğida tarqalar ekan, uşbu noxuş hodisa tufayli öziga gard yuqtirişni xohlamagan şahar ma’muriyati Marvinni ruhiy xasta deb ma’lumot tarqatadi.
Internetda tarqatilgan ma’lumotlarda uni byurokratik tösiqlarga va hokimiyat vakillarining yirik kompaniyalarga «sotilişi»ga qarşi isyon bilan çiqqanini yoza boşlaşadi. Şu sababli Marvin bilan sodir bölgan hodisa haqida eşitganlar uni «Amerikaning sönggi qahramoni» deb atay boşlaşadi.
Buldozer töxtab qolgandan söng uning tepa qismidagi lyukni oçib, Marvinning jasadini çiqarib oliş uçun bir sutka vaqt sarflaşadi.
Foto: wikipedia.org
Hodisadan söng
Marvin buldozeri bilan şahardagi binolarni tekislar ekan, hodisa butun mamlakat böylab ovoza böladi. Köp ötmay Marvin sodir etgan iş haqida suriştiruv boşlanadi.
Eng avval Marvinning Grand-Leykda joylaşgan uyida tintuv ötkaziladi. U yerdagi kompyuterdan buldozerni zirhli texnikaga aylantiriş böyiça çizmalar topiladi.
Şuningdek, kompyuterdan Marvin öz akasiga jönatgan bir neçta ovozli xabar topiladi. U öz xabarida Xudo unga oila va farzandlar bermay, şu qasos işga tayyorlagani haqida gapirgan ekan.
Bundan taşqari, Marvinning uyidan uni xafa qilgan odamlarning ism-şariflari yozilgan röyxat topiladi. Beton zavod tegişli bölgan kompaniya egasining ism-şarifi röyxatda birinçi bölib turardi. Pastda esa sudya, şahar ma’muriyati, gazeta redaktori kabilarning oti yozilgandi.
Boşqa bir yozuvda esa maqsadi faqat qurilayotgan beton zavodini buziş bölganini qayd etgandi.
Hodisadan söng amerikaliklar «Killdozer» deb atay boşlagan buldozer qariyb bir yil qarovsiz holatda turadi. 2005 yilda Marvinning tarafdorlari esdalik sifatida bölaklab ketmasligi uçun buldozerni metallolomga topşirib yuborişadi.
Keyinçalik Marvin haqida bir neçta hujjatli filmlar suratga olinadi. Maqolalar e’lon qilinadi. Bugun Amerikada uni juda köpçilik adolatsizlikka qarşi kuraşgan qahramon sifatida eslaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi