“Yoniş va portlaş xavfi yuqori bölgan kimyoviy moddalar bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning oldini oliş böyiça çora-tadbirlar samaradorligini oşiriş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yoniş va portlaş xavfi yuqori bölgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlaş, taşiş, ulardan foydalaniş va yöq qiliş sohasidagi faoliyatni muvofiqlaştiriş, uşbu sohada belgilangan talablarga rioya etilişini nazorat qiliş vazifalari yuklandi.

Vazirlikda yoniş va portlaş xavfi yuqori bölgan kimyoviy moddalar bilan boğliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş bölimi hamda bölinmalari taşkil etiladi.

2024 yil 1 yanvardan:

  • respublikaga olib kirilgan hamda bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilgan kimyoviy moddalar va ularni olib kiruvçi sub’yektlar töğrisidagi ma’lumotlar Bojxona qömitasining Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali vazirlikka real vaqt rejimida taqdim etib boriladi;
  • kimyoviy moddalar faqat favqulodda vaziyatlarning (yonğinlarning) oldini oliş va sanoat xavfsizligi talablariga javob beradigan omborlarda saqlanişiga ruxsat beriladi.

Respublikaga kimyoviy moddalarni olib kiruvçi sub’yektlar tomonidan bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilgan kimyoviy moddalar va ularni saqlaş joylari töğrisidagi ma’lumotlarni kiritiş imkoniyatiga ega bölgan axborot platformasi yaratiladi.

2024 yil 1 yanvardan Özbekistonga kimyoviy moddalarni olib kiriş, taşiş, saqlaş, ulardan foydalaniş va yöq qilişda belgilangan talablarga rioya etilişini doimiy nazorat qilişning quyidagi tartibi joriy etiladi:

Bojxona qömitasi kimyoviy moddalarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazadi hamda 1 kun muddatda Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali kimyoviy moddalar turi, miqdori va ularni olib kiruvçi sub’yekt töğrisidagi ma’lumotlarni Favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş va boşqariş milliy markaziga taqdim etadi;

kimyoviy moddalarni olib kiruvçi sub’yektlar uşbu moddalar bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilgan kunning özida axborot platformasi orqali kimyoviy moddalarning saqlanadigan joyi (ombor) haqidagi ma’lumotlarni Milliy markazga taqdim etadi.