Ukraina Germaniyaning uzoq masofaga uçuvçi Taurus raketalarini yetkazib berişdan boş tortişiga vaqtinça «köz yumişga» tayyor, ammo buning evaziga nemis rasmiylari kelgusi qişda mamlakat fuqarolik infratuzilmasini himoya qiliş uçun köproq havo mudofaa tizimlarini topşirişi kerak. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba 6 noyabr, duşanba kuni çop etilgan Die Welt naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

«Men önlab şamlar sotib oldim. Dadam bir yuk maşinasi ötin sotib oldi. Biz har qaçongidan ham yomon qişga tayyorgarlik köryapmiz. Şuning uçun Taurus’ni olmasak, mayli, bunga köz yumamiz, lekin havo hujumidan mudofaa tizimlari kerak. Biz elektr stansiyalarimizni qölimizdan kelgança himoya qilişga urinyapmiz. Lekin rossiyaliklar bunga allaqaçon moslaşib bölgan. Ular raketalari bilan bizning çidamliligimizni yana sinovdan ötkazadi. Lekin biz ğalaba qozonamiz», - dedi Ukraina TIV rahbari. 

Şu bilan birga, Kiyev kelajakda Germaniyadan Taurus qanotli raketalarini olişga umid qilmoqda, deya ta’kidladi u. «Taurus mavzusi biz uçun hali yopiq emas va biz bu borada işlaşda davom etamiz. Germaniya har doim juda yuqori axloqiy me’yorlar asosida baholanadi, lekin şu bilan birga, u qanday ulkan buriliş yasaganini unutib qöymoqda. 2022 yilning 24 fevraliga qadar faqat Rossiya bilan döstlik haqida bayonotlar berilgan vaqtlarni eslab köring. Bugungi kunda heç kim bunday qilmayapti», dedi vazir. 

Kuleba: Berbok meni Ukraina Yevropa Ittifoqiga qabul qilinişiga işontirdi 

Noyabr boşida Dmitriy Kuleba Berlinda Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok bilan muzokaralar ötkazdi. Mavzulardan biri, dedi u, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi böldi. Kuleba Die Welt naşriga bergan intervyusida: «Ukraina Yevropa Ittifoqining bir qismi bölişiga şubham yöq. Men bu kafolatni Annalena Berbokdan oldim», dedi. 

Yevroittifoqning yagona bozoriga qöşiliş uçun Ukraina adliya tizimini isloh qilişi va korrupsiyaga qarşi kuraş çoralarini kuçaytirişi kerak, deya qöşimça qildi Kuleba. «Biz tegişli qonunlarni qabul qildik, endi ularni amalga oşiriş lozim», - dedi u. 

«Agar Ğarb bu uruşda ğalaba qozona olmasa, qaysi uruşda ustun kelişi mumkin?» 

Ukraina taşqi işlar vazirligi rahbari Volodimir Zelenskiyning sentabr oyida AQŞ Kongressida Vaşington kömagisiz Ukraina uruşda yutqazişi haqidagi bayonotiga ham izoh berdi. «Zelenskiy buni amerikalik senatorlarga Ukrainaga harbiy yordam körsatiş zarurligini tuşunişi uçun aytdi. Agar Ğarb bu uruşda ğalaba qozona olmasa, unda qaysi uruşda ustun kelişi mumkin?» — dedi Kuleba.