Toşkent şahrida Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti sammiti ötkazilişi sababli bir qança avtobus yönalişlari özgartiriladi. Bu haqda «Toşşahartransxizmat» xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Islom Karimov köçasining Furqat köçasidan Olmazor köçasigaça bölgan qismi avtomobillar harakati uçun töliq yopilişi sababli, uşbu manzil orqali harakatlanuvçi 51-son avtobus harakati I.Karimov köçasidan Afrosiyob, Beşyoğoç, Furqat köçalari orqali ötadi.
Şuningdek, 141-sonli yönaliş harakati Qoratoş köçasidan Furqat, A.Navoiy, Olmazor köçalari orqali vaqtinçalik özgartiriladi. 196-sonli yönaliş harakati Afrosiyob köçasidan Beşyoğoç, Furqat, A.Navoiy köçalari orqali ötadi.
Şu bilan birga, ayrim köçalarda avtomobillar harakati vaqtinçalik çeklanişi sababli, quyidagi yönalişlarda oraliq interval vaqti özgarişi mumkin:
- Bobur köçasi orqali harakatlanuvçi 11, 40, 45, 47, 67, 76, 77, 94-sonli avtobus yönalişlarida;
- Nukus köçasi orqali harakatlanuvçi 2, 12, 80, 81, 97, 127, 196-sonli yönalişlarda;
- Oybek köçasi orqali harakatlanuvçi 57, 67-sonli yönalişlarda;
- Afrosiyob köçasi orqali harakatlanuvçi 13, 196-sonli yönalişlarda;
- Ş.Raşidov köçasi orqali harakatlanuvçi 30, 37, 57, 85, 97, 140-sonli yönalişlarda;
- I.Karimov köçasi orqali harakatlanuvçi 1, 19, 21, 51, 60, 67, 85-sonli yönalişlarda;
- A.Navoiy köçasi orqali harakatlanuvçi 28, 30, 37, 44, 46, 57, 68, 78, 89, 91, 97, 115, 140-sonli yönalişlarda.
Aeroportga borişni rejalaştirgan fuqarolardan vaqtinçalik özgarişlarni hisobga olgan holda yölga çiqiş söralmoqda.













