AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda fuqarolik firibgarligi böyiça sud majlisida öz boyligi notöğri hisoblanganini tan oldi. 6 noyabr, duşanba kuni qasamyod ostida bergan bayonotida u özining kompaniyasi Floridadagi Mar-a-Lago rezidensiyasi va Doral golf maydoni, şuningdek, Nyu-Yorkdagi Tramp-tauer osmonöpar binosida joylaşgan kvartiraning qiymatini oşirib körsatganini aytdi. 

Reuters ta’kidlaşiça, Tramp bu hisob-kitoblarning ahamiyatini pasaytirişga uringan. «Bu muhim emas edi. Ular buni muhim qilib qöydi, lekin muhim emas edi», dedi u. Bundan taşqari, u qasamyod ostida köçmas mulkiga oid hujjatlarni qalbakilaştiriş ayblovlarini rad etdi. 

AFP ta’kidlaşiça, Tramp 100 yildan ortiq vaqt davomida sudda ayblanuvçi sifatida guvohlik bergan birinçi AQŞ sobiq prezidenti böldi. U bu jarayonda ikki marta yopiq eşiklar ortida körsatma bergan, biroq bu sudda emas, balki sud eşituvlari boşlanişidan oldin bölgan. 

Firibgarlik böyiça iş jarayoni

Nyu-Yorkdagi jarayon Demokratik partiya a’zosi, Nyu-York boş prokurori Letisiya Jyeymsning da’vosiga tegişli. U 77 yoşli sobiq prezident, uning öğillari va yuqori lavozimli xodimlarini kreditlar va suğurta şartnomalari böyiça yaxşiroq şartlarga ega böliş uçun The Trump Organization holding kompaniyasi qiymatini yillar davomida oşirib körsatib kelganlikda aybladi. Jyeymsning aytişiça, u sud jarayonida Trampning firibgarliklarini töliq foş etiş niyatida. Uning sözlariga köra, inson qançalik boy yoki nufuzli bölmasin, qonunlar hamma uçun bir xil böladi. 

Sentyabr oyi oxirida sudya Artur Engoron Trampni bu işda aybdor deb topdi, şundan söng sud jazoni belgilaşga kirişdi. Sobiq davlat rahbari uşbu fuqaroviy da’vo böyiça qamoq jazosiga mahkum etilmaydi, bir neça oyga çözilişi mumkin bölgan sud jarayoni uning navbatdagi prezidentlik saylovlariga nomzodligiga ham ta’sir qilmasligi kerak. Letisiya Jyeyms 250 million dollar jarima solib, Tramp va uning bolalariga Nyu-Yorkda biznes yuritişni taqiqlaşni talab qilmoqda. Tramp ayblovni «jodugarlar ovi» deb atadi va sudya Engoron hamda prokuror Jyeymsni siyosiy tarafkaşlikda aybladi.