Jahon | 12:03 / 08.11.2023
4736
2 daqiqa o‘qiladi

Navalniy 22 marta tergov izolyatoriga joylashtirildi

Axloq tuzatish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan muxolifatchi Aleksey Navalniy yana jazo izolyatoriga jo‘natildi. Uning jazo kamerasida o‘tkazgan umumiy vaqti 251 kunni tashkil qiladi. 

Foto: Reuters

Vladimir viloyatidagi koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy qamoq muddati boshlanganidan beri 22-marta jazo izolyatoriga jo‘natildi. Bu u yerda 21-jazo chorasi tugaganidan keyin deyarli darhol sodir bo‘ldi. «FBK» asoschisi 7 noyabr, seshanba kuni jazo kamerasiga joylashtirilgani haqida o‘zining Telegram-kanalida yozdi. 

U jazo izolyatoridan bor-yo‘g‘i bir kechaga ozod qilindi va darhol yana 15 sutka berildi. «Mahkum Navalniy yozuv materiallarining musodara qilinishiga norozilik bildirib, o‘z xonasini tark etishdan va o‘zi olib borilishi kerak bo‘lgan boshqa xonaga kirishdan bosh tortdi. Shu munosabat bilan unga nisbatan bir kun davomida 4 marta jismoniy kuch qo‘llangan», - deya iqtibos keltiradi Navalniy koloniya ma’muriyati qaroridan.

24 oktyabr kuni 12 kunlik tergov izolyatoriga avvalgi joylashtirishga qamoqxona praporshchigining hisoboti sabab bo‘ldi, u Navalniyni «qadr-qimmatini kamsitish»da aybladi.

Navalniy 19 yillik jazo muddatini o‘tamoqda 

Aleksey Navalniy Moskva shahar sudi tomonidan 2023 yil avgustida yangi «ekstremistik» ish bo‘yicha maxsus rejimli koloniyaga 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. U Vladimir viloyatidagi Melexovoda joylashgan axloq tuzatish koloniyasida jazo muddatini o‘tamoqda. 

Oktyabr oyida Navalniyning uch advokati – Aleksey Lipser, Vadim Kobzev va Igor Sergunin «ekstremistik jamiyat»da ishtirok etganlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Tergov fikricha, advokatlar siyosatchidan uning jamoasiga «muntazam ravishda ma’lumot yuborib turgan». 

Mavzuga oid