Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatni dunyoning iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlari qatoriga kiritiş. Har bir davlat uçun uşbu jarayonning asosiy omillaridan biri, albatta, jahon bozori uçun sifatli va raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarişdir. Aynan şu yönalişda sönggi yillarda qator samarali çora-tadbirlar amalga oşirildi. Xususan, YeI bozoriga qulay şartlarda çiqiş Özbekiston uçun har doim dolzarb bölib kelgan. 2021 yilda bu borada katta qadam taşlandi. Ya’ni Özbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ umumiy preferensiyalar tizimi böyiça benefitsiar mamlakat sifatida qabul qilindi.
GSP+ nima?
GSP+ dasturi Yevropa Ittifoqi bozorlariga rivojlanayotgan mamlakatlardan kelayotgan qişloq xöjaligi mollari va boşqa ayrim mahsulotlar eksportiga berilgan imtiyozlardir. Dasturga töliq a’zo bölgan davlat Yevropa Ittifoqi bozorlariga 3000ga yaqin mahsulotlarni bojxona tölovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar böyiça eksport qiliş imkoniyatiga ega böladi.
GSP+ tizimiga qöşiliş Özbekistonga katta imtiyozlar beradi. Nega deganda, uşbu tizim doirasida bojxona tösiqlari, tariflari va boşqa tölovlarni kamaytiriş nazarda tutiladi.
Yevropa bozori juda katta. Bu yerda 500 mlndan ziyod aholi istiqomat qiladi. Şu bois Özbekistonning GSP+’ga qöşilişi özbek kompaniyalarining bu bozorga kirib kelişiga va öz mahsulotini sotişiga imkon berdi.
YeI dunyodagi eng katta bozorlardan biri hisoblanadi. Jumladan, Yevropaning töqimaçilik sanoatida bozor hajmi 98 milliard dollarni, çarm-poyabzal sanoatida 24 milliard dollarni, qişloq xöjaligi sanoatida 24 milliard dollarni taşkil etadi.
Ikki barobar ösiş
Agar 2016 yilda Yevropa Ittifoqi bilan tovar ayirboşlaş hajmi qariyb 1,98 milliard dollarni taşkil etgan bölsa, 2022 yilda bu körsatkiç ikki barobardan köproqqa ösdi va 4,5 milliard dollarni taşkil etdi.
Şu bilan birga, GSP+ oddiy savdo vositasidan köra muhimroq. Tizimga qöşilayotganda mamlakatlar inson va mehnat huquqlariga, atrof-muhit va iqlim muhofazasi va sifatli boşqaruvga oid 27 asosiy xalqaro konvensiyalarini samarali amalga oşiriş majburiyatini oladi.
Umumiy taşqi savdoning ösişi
Jahon banki ma’lumotlariga köra, 2016 yilda Özbekiston tomonidan amalga oşiriladigan tovar va xizmatlar eksporti yalpi içki mahsulotning 15 foizini taşkil etgan bölsa, 2019 yilda bu körsatkiç 31 foizga yetgan. 2017-2022 yillarda respublikaning jami eksporti 95 milliard dollardan ortiqni taşkil etdi, şundan 2022 yilda 19 milliard dollardan ortiq mahsulot eksport qilindi, bu 2016 yilga nisbatan 60 foizga köpdir.












