Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining ma’lum qilişiça, ularning işdan taşqari vaqtda ham qator majburiyatlari bor.

Ular quyidagilar:

  • rasmiy e’lon qilingan ma’lumotlardan taşqari davlat xizmati faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilmaslik;
  • dabdababozlik, şuhratparastlik, guruhbozlik, maişatbozlik, içkilikbozlik va boşqa salbiy illatlarga yöl qöymaslik;
  • jamoat joylarida (kafe, restoran va boşqa köngiloçar maskanlarda) özini tutiş qoidalariga rioya etiş, atrofdagilarning e’tiborini tortuvçi ortiqça va salbiy harakatlarga yöl qöymaslik;
  • jamoat tartibi va xavfsizligiga qarşi qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etmaslik, mazkur noqonuniy harakatlarga boşqalarni jalb etmaslik yoki da’vat qilmaslik;
  • xizmat guvohnomalarini saqlaş va foydalaniş tartibiga qat’iy rioya etiş, ulardan xizmatga aloqador bölmagan holatlarda foydalanmaslik, şu jumladan, vakolatli şaxslarga xizmat guvohnomasini körsatib, mavqeyini suiiste’mol qilmaslik;
  • iş faoliyati bilan boğliq ma’lumotlarni işga aloqador bölmagan boşqa şaxslar iştirokida muhokama qilmaslik;
  • özi faoliyat yuritgan davlat organlari va taşkilotlari hamda davlat xizmatiga doğ tuşiruvçi xatti-harakatlardan tiyiliş;
  • taşqi körinişini belgilangan me’yorlar doirasida saqlaş, kamtarona kiyiniş, atrofdagilarning e’tiborini öziga ortiqça jalb qiladigan tarzda kiyinmaslik.