Dunyoda birinchi marta ko‘z transplantatsiyasi amalga oshirildi
Nyu-York jarrohlari birinchi marta inson ko‘zini boshqa bemorga ko‘chirib o‘tkazishdi. Garchi bemorning ko‘rish qobiliyati tiklanmagan bo‘lsa-da, bu yutuq deb ataldi.

Foto: Reuters
NYU Langone Health jarrohlik guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘chirib o‘tkazilgan ko‘z 6 oydan keyin yaxshi ishlaydigan qon tomirlari va istiqbolli to‘r pardasiga ega ekanini ko‘rsatgan.
«Ko‘zni ko‘chirib o‘tkazganimizning o‘zi asrlar davomida o‘ylangan, ammo hech qachon amalga oshmagan oldinga tashlangan ulkan qadamdir», deb izoh berdi jarrohlar guruhini boshqargan doktor Eduardo Rodriges.
Nashrning aniqlik kiritishicha, shu paytgacha shifokorlar faqat shox parda – ko‘zning shaffof old qatlamini ko‘chirib o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.
«Agar ko‘rish qobiliyati tiklansa, yanada yaxshi bo‘lardi, ammo… maqsad texnik jarrohlik amaliyotini o‘tkazish va ko‘z gavharini saqlab qolish edi», deb qo‘shimcha qildi Rodriges.
Hozirgi vaqtda transplantatsiya qilingan ko‘z miya bilan ko‘rish nervi orqali aloqa qilmayapti. Rodrigesning fikricha, ko‘zni ko‘chirib o‘tkazish ko‘rish qobiliyatini tiklamasa ham, ko‘plab yangi imkoniyatlarni ochadi.

«Agar biz ko‘rish qobiliyatini tiklash yoki ko‘z qobig‘idagi tasvirlarni tiklashning boshqa usullari ustida ishlayotgan olimlar bilan hamkorlik qilsak, u holda muvaffaqiyatga bir qadam yaqinroq bo‘lamiz», dedi Rodriges.
Ko‘z ko‘chirilgan odamning ismi Aaron Jyeyms. U 46 yoshda va tok urishi oqibatida yuzi, burni, og‘zi va chap ko‘zi shikastlangan edi.
O‘ng ko‘zida ko‘rish qobiliyatini saqlab qolgan Jyeyms transplantatsiya qilingan chap ko‘zida ko‘rish qobiliyatini tiklay olmasligi mumkinligini bilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar bu haqda uni oldindan ogohlantirishgan. Shunday bo‘lsa-da, u ilmiy maqsadlarda ushbu operatsiyaga rozi bo‘lgan.
Jyeyms ko‘chirib o‘tkazilgan ko‘zda ko‘rish qobiliyatini tiklashi mumkin, deb hisoblamoqda Rodriges.
«Ayni damda texnik jihatdan murakkab operatsiya yordamida erishilgan natijadan juda mamnunmiz», deb xulosa qildi shifokor.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil bilan to‘qnashuvdan so‘ng HAMASdan nima qoldi?
Jahon | 10:47
-
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
Jamiyat | 10:38
-
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi
O‘zbekiston | 10:37
-
AQSh Kongressiga Rossiya neftini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
Jahon | 10:05
Mavzuga oid

14:46 / 01.04.2025
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi

13:40 / 28.03.2025
Qibrayda 1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi

13:13 / 25.03.2025
Sloveniya o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini ishga olmoqchi

20:07 / 18.03.2025