Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IHeS Rossiyadagi hibsga olishlar bo‘yicha kompensatsiya haqida qaror chiqardi
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiyada tinch yig‘ilishlar o‘tkazish huquqi buzilgan rossiyaliklarga 4 ming yevrodan 6 ming yevrogacha tovon puli tayinladi.
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHeS) «Memorial» inson huquqlari markazi va «OVD-Info» tashkiloti tomonidan berilgan, tinch yig‘ilishlar o‘tkazish huquqlari buzilgani uchun Rossiya fuqarolarining 28 ta shikoyati bo‘yicha tovon puli to‘lash haqida qaror chiqardi. Bu haqda 9 noyabr, payshanba kuni IHeS saytida ma’lum qilindi.
Shikoyatlar 2017 yildan 2021 yilgacha Rossiyada o‘tkazilgan turli norozilik namoyishlari va mitinglarda qo‘lga olinganlar bilan bog‘liq: jurnalist Ivan Safronov, siyosatchi Pavel Grudinin, Xabarovsk o‘lkasi sobiq gubernatori Sergey Furgal, siyosatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari, shuningdek, boshqa mitinglar.
Ba’zi qo‘lga olinganlar ming rubldan yigirma ming rublgacha jarimaga tortildi, boshqalari esa uch kundan o‘n besh kungacha ma’muriy hibsga olindi. IHeS hibsga olinganlarga nisbatan Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya moddalari buzilgan deb qaror qildi va ushlanganlarga 4 ming yevrodan 6 ming yevrogacha miqdorda tovon puli to‘lash lozimligini bildirdi.
Rossiya IHeS qarorlariga amal qilmayapti
2022 yil iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya hukumatiga 2022 yil 15 martdan keyin qabul qilingan IHeS qarorlarini bajarmaslikka ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Shu kuni Rossiya Ukrainaga kirishi sababli Yevropa kengashidan chiqarildi.
Shu bilan birga, IHeS Rossiya hukumati tomonidan 2022 yil 14 sentabrgacha sodir bo‘lgan huquqbuzarliklar haqidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqishni davom ettirdi, deya qayd etadi «OVD-Info» yuristlari. «Yuristlar Yevropa kengashi bilan aloqani davom ettirish uchun hali ham IHeSga murojaat qilmoqda, Rossiya qachonlardir unga qaytishni istashi mumkin. Bu, shuningdek, qonunbuzarliklarni qayd etish va Yevropa davlatlarini Rossiyadagi inson huquqlari buzilishi miqyosi haqida xabardor qilish imkonini beradi», - deydi huquq faollari.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026