Nega hozirgi davrda şe’r öqilmayapti? Bu savol köpçilikni qiziqtirmasligi aniq. Şe’r öqimaydigan odamning u haqda öylab körişga ham ehtiyoji bölmaydi. Xöş, unda şe’riyat bora-bora faqat şoirlarning özi uçun yaratiladigan san’at turiga aylanadimi yo qaçondir odamlar yana şe’r mutolaasiga qaytişi mumkinmi? Eng qiziği, bu faqat bizning jamiyatda kuzatilayotgan holmi yoki butun dunyoning şe’rga bölgan ehtirosi sönganmi?
Nega hozirgi davrda şe’r öqilmayapti? Bu savol köpçilikni qiziqtirmasligi aniq. Şe’r öqimaydigan odamning u haqda öylab körişga ham ehtiyoji bölmaydi. Xöş, unda şe’riyat bora-bora faqat şoirlarning özi uçun yaratiladigan san’at turiga aylanadimi yo qaçondir odamlar yana şe’r mutolaasiga qaytişi mumkinmi? Eng qiziği, bu faqat bizning jamiyatda kuzatilayotgan holmi yoki butun dunyoning şe’rga bölgan ehtirosi sönganmi?
Xuddi şu savollarga rus faylasufi va madaniyatşunosi, adabiyotşunosi Mixail Epşteyn özining “Yuksak poeziya va alpodam” essesida javob qidirib köradi. Epşteyn odamlar şe’r öqimay qöygan bu davr odamini “tobora poetik şaxsga aylanib boryapti” deb ta’riflaydi. çunki bunday odamning özi “obrazli”, majoziydir. 21-asr odami bir mamlakatda tuğiladi, boşqasida ta’lim oladi, uçinçisiga borib işlaydi. Bunday kişi — poetik, majoz, uning hayoti esa köpqatlamli matn.
Epşteyn odamning özi obrazlaşib, majoziylaşib borişi bilan birga, poeziya hayotimizning hamma sohasiga kirib borayotganini, faqat buning uçun endi unga söz kerak bölmay qolganini aytadi.
Poeziyaning bu turlari: antropoeyya va texnopoeyya, poeziya fizikasi, kosmopoeyya va biopoeyya, sotsiopoeyya va ekonopoeyya, noopoeyya kabilardir. Texnika taraqqiyoti natijasida siz qölingizdagi smartfon orqali sizdan neça ming kilometr masofalardagi yaqiningiz yo yoringizni bir paytning özida körib, eşitib suhbatlaşa olasiz. Endi siz uni soğinganingizda, uning xayoli bilan ovunişingizga hojat yöq. Tuyğularingizni öşa onning özidayoq yetkaziş imkoniga egasiz.
Yana bir tomoni — avvallari odamlar nima uçun şe’r öqirdi? Özi istagan, körmoqçi bölgan obrazini yozilgan asardan qidirardi va asardagi obraz uning çanqoğini bosardi. Endi esa odamlar boşqa obrazlarni izlamaydi, unga siğinişmaydi, ijtimoiy tarmoqlardagi profillari orqali özining asli real hayotdan bir qadar uzoq bölgan virtual obrazini yaratadi. Bugungi inson endi san’atkor yaratgan obrazlar dunyosida yaşovçi odam emas, u özining obrazini özi yaratayotgan va uni özi taqdim qilayotgan odam. Instagram, Facebook, Tik-Tok kabi tarmoqlarda odamlar öz içki dunyosini matn, kiyim, uslub, yuriş-turiş vositasida yaratib va öşa paytning özidayoq taqdim eta olyapti. Sotsiopoeyyani ifodalagan bu jarayonda tarmoq tizimida “biz boşqa odamlar rolini öynaymiz, özimizni “özimiz emas” timsolida şakllantiramiz, … biz endi köp “özga” ega şaxs bölib, unga bitta “men” torlik qiladi.» Ayni şu paytda xatti-harakatimiz şoirning öz lirik qahramonini yaratiş jarayoni bilan bir xil. Şoir ham lirik qahramonlari yaratuvçisi edi, endi biz ham öz timsolimizni yaratuvçimiz.
Avvallari bolalar doston va ertak öqişardi va ulardagi uçar gilamlar, qahramonning kun emas, soat sayin ulğayişidan, özga olamlarga sayohat qilişidan hayratga tuşardi. Bugun esa ilm-fan taraqqiyoti tufayli, uçar gilam möjiza emas, masalan, Toşkentning qoq markaziga borib, siz uçar şarda uçasiz, zaminga tepadan turib qaray olasiz.
Mavzuga oid
Yaqinda bir dugonam “Göröğli” dostonlarida qahramonlarning soat sayin ulğayişi degani yoruğlik tezligidan ham tezroq vaqtning borligi tufayli şunday degan fikrini aytdi. Demak, endi ertak va dostonda bizga möjiza bölib tuyuladigan voqealarning ham qandaydir ilmiy izohi borligiga, u möjiza yo xayoliy tasavvur mahsuli bölmay reallikligiga işonadi. Nega bunday? Çunki bir asr davomidayoq biz uçar gilam tasavvuridan çekinib, uçar samolyotga ega böldik. Endi gilam va u haqda aytiş, tinglaş möjiza emas. Uçoqda uçib körişning öziyoq sizga uçişdan tuğiladigan zavq-şavqni taqdim eta oladi. Şuning uçun uçar maşina-yu, boşqa mamlakatlar bilan boğlaydigan samolyot, nainki boşqa mamlakatlar, balki kosmosga uçirilayotgan raketa-yu kemalarni multfilmda tomoşa qilayotgan bola bugun Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertagidan ta’sirlanişi qiyin. Bunda heç kimni ayblab bölmaydi, bolani kitob öqimayotganligida ayblaşdan oldin poeziya hayotimizning hamma jabhasiga kirib borganini, tasavvur mahsuli bölgan hodisaning moddiylaşgani va inson hayotining özi majozdan çiqib majoziylaşganini e’tirof etiş kerak.
Bugun ertak qahramonining nega soat sayin ulğayişi hayratlanarli emas? Maşhur “Intersteller” degan kino bor. Köpçilik tomoşa qilgan. Undagi voqealar rivoji Yerda apokalipsis boşlanganidan keyin boşlanadi. Oziq-ovqat tugayotgan, resurslar yöq, insoniyat bolasining taqdiri söroq ostida qolgan bir palla. Şu pallada kosmonavt yangi resurslar topiş uçun boşqa sayyora va gallaktikalarga uçadi. U ketayotganida qizi ösmir yoşiga yetmagan bola edi. Qahramon öz missiyasiga erişib qaytib kelganda esa Yerga, qiz kampirga aylanib ölim töşagida yotar, ota esa mutlaqo özgarmagan, qarimagan, qizi bilan xayrlaşganda qanday bölsa, qaytganida ham şunday ahvolda edi. Kinodagi bu voqelik ham tasavvur mahsuli emas, aksinça ilm-fan haqiqati, Eynşteynning maşhur “Nisbiylik nazariyasi”ga isbot. Ya’ni vaqt bizning sayyoramiz va boşqa sayyoralar, gallaktikalar, kosmos uçun nisbiy hodisadir. Bugun buni biladigan inson soat sayin ulğayadigan qahramondan hayratga tuşmaydi. Balki vaqt haqida savol berib köradi öziga. Bu ham poeziyaning – noopoeyya, ilm-fan sathlariga qay tarzda köçganini körsatadi.
Yana bir qiziq jarayon — avvallari ertak yo dostondagi ölib-tiriliş, narigi dunyoga borib keliş degan syujyet çiziği öquvçini öylantirardi. Endi esa olimlar Yer va Kosmos örtasida yoruğlik tezligidan-da tezroq muddatda “narigi olamlarga”, gallaktikalarga borib keliş imkonini beradigan “qurteşiklar” deb ataluvçi vaqt-makon tunneli borligini nazariy jihatdan başorat qilib bölişdi. Biz yozgan sms yo yuborgan rasmimiz bir daqiqadayoq okeanortidagi insonga yetib borişidan bugun hayratlanmaymiz. Ammo öşa vaqt-makon tunneli topilsa, biz özimizni kelajakka, ötmişga ham teleportatsiya qila olişimiz mumkin bölişi bugun ilmiy-fantastik kinolarda körsatilmoqda. Vaqt ötib hatto ötmişdagi özimiz haqida öylaşimizga hojat qolmasligi, u bilan borib yuzlaşib, gaplaşib kelişimiz mumkinligi poeziyaning aqlga siğmas darajada takomillaşayotganini körsatadi. Yöq, u aynan söz yordamida kengaymayapti, ammo bizning xayollarimiz, tasavvurlarimiz reallaşişi, moddiylaşişi natijasida dahşatli kengayib boryapti.
Kvant fizikasining oçilişi fizikaning mutlaqo poetik ekanini isbot etdi men uçun. Avvallari şoir “oyga qara va meni öyla, öşa mahali men ham seni öylayotgan bölaman” derdi. Har bir energiya bir-biriga tortişadi deydi kvant fizikasi. Bugun har bir moddada bölinuvçi atomdan ham kiçik zarra – kvantning mavjudligi, eng muhimi u odamlar köziga aynan öz holatida körinmasligi, nima bilan qarayotgan bölsangiz, sizga şu şaklda körinişi avvallari şoirona gap bölib tuyuladigan “dunyoga qanday qarasang, şunday qaraydi u ham senga” , degan söz bilan barobar.
Darvoqe, yana bir hodisa. Hoşimjonning qalpoqçasi esingizdami? U orqali Hoşimjon körinmas böladi, baholarini özgartiradi va hokazo. Bugungi fizika, fizik olimlar körinmaslik ham nazariy jihatdan mumkin bölgan hodisa demoqda, ehtimol ming yillar oraliğidagi kelajak fizikasini insoniyat uçun körinmaslikning oçilişi kutar.
Epşteyn poeziya hamma narsaning hamma narsaga kirişi, ötişidir deydi. Bugun hayotning hamma jabhasida şu jarayon ketyapti. Poeziya ijtimoiy tarmoqlarda köp özliklarni namoyon qilyapti, fizika va poeziya tili allaqaçon bir tilni eslatib yuborgan, kosmos, gallaktikalar, osmondagi yulduzlar biz uçun xayol qilinadigan narsa emas, turli teleskoplardan olingan rasmlarda ularning suratini köryapmiz, hatto biz Katta portlaşdan million yil keyin teleskoplarga kelgan nur sabab uning ham qismlarini kördik. Bugun heç narsa hayrat uyğotmasligi tabiiy, çunki turmuş tarzimizda har bir hayratlanarli narsa moddiylaşib, reallaşib bormoqda.
Bu degani endi şe’rga ehtiyoj qolmadi deganimi? Yöq, unday emas. Şe’rga ehtiyoj hamişa mavjud. Birinçidan, bizga doim şoir kerak. Şoir kim? Şoir — san’atçi. San’atçi esa doim individual şaxs, olam. Biz bugun köp jihatdan bir-birimizga öxşaş odamlarmiz — taraqqiyot mevalarini iste’mol qilişda, işlab çiqaruvçi inson bölib taraqqiyotning bir bölagiga aylanişda. Bunda öz-özidan individuallik yöqoladi. Şoir avvalo özida öşa individualligini asrab qolgan odam. Va bunday individuallikka doim bizning ehtiyojimiz bor, nega deganda, voqelikka boşqa tomondan qaraş uçun bizga doim öşa boşqa tomondan qaray oladigan, qaranglar, bu tomon ham bor, bu tomondan ham qaraş mumkin degan odamlar kerak. Individuallik bizning yakrang, umumiy turmuş tarzimizni buzib turadi. Eng muhimi individuallikni ta’riflab bölmaydi, u öz-özidan sodir böladi, agar bunday bölmaganda hamma şoir bölişi mumkin edi.
Ikkinçidan esa, bugun poeziyaning boşqa sathlarga köçişi natijasida sözdagi poeziya ham özgarişlarga yuz tutdi. Ayrim şoirlar poeziyaning bu tarzda hayotimiz sathlariga yoyilişiga isyon sifatida endi yuksak badiiy til bilan emas, balki ommabop til, hatto köça tilida ham yoza boşlaşdi. Bunday şaroitda şoir öylaydi — endi yoziş uçun nima qoldi unga, xayol va tasavvurlar reallaşayotgan bir pallada? Endi hayotdagi eng isqirt, eng körimsiz, eng tuban deb bilinadigan narsalar, tuşunçalarga ham ma’no beriş vaqti kelgandir, poeziya hayotning doim çetda qoladigan qismi haqida ham gapirişga öziga ruxsat berar?! Bunday xususiyat Amerikaning Allen Ginzberg, Çarlz Bukovskiy kabi 20-asrning sönggi taniqli şoirlari bölmiş “sindirilgan avlod” ijodida körina boşladi. Keyinçalik bunday kayfiyat dunyo şe’riyatiga ham yoyildi.
Uçinçidan, poeziyaning özi ijtimoiy, biologik, fizik, kosmik va ilmiy hayot sathlariga yoyilgan ekan, qanday qilib sözli şe’riyat bularning barçasini qamrab olmasligi mumkin?! Azaldan şe’riyat barça san’atning çöqqisi bölgan, çunki u bir lahzani muhrlaş orqali, bir lahza ta’rifi haqida ayta turib, butun borliq haqida gapirgan. Poeziyaning bu tabiatini tuşuniş hamma uçun oson emas. Salaflarimizdan biri aytganidek, buning uçun kamida “ikki vagon” kitob öqiş kerak böladi. Agar siz özingizni şunday kitobxon qilib tarbiyalamagan odam bölsangiz, şe’rni tuşunolmaysiz. Ayniqsa, bugungi hamma narsani qamrab olişga urinadigan şe’riyatni.
Yana bir fikr, 20-asrdagi fransuz şe’riyati şe’r tili, strukturasi, fikr oqimi — barçasini tubdan özgartirdi. Va ularning yozgani hamma uçun tuşunarli emasdi, ular ma’lum xos odamlar uçun edi. Xöş, ular nega bunday qilgan deb öylaysiz? Men öylaymanki, bunday şe’riyat orqali ular insoniyatni mutlaqo boşqa fikr ölçamida qaraşga örgatmoqçi bölgan. Bu orqali ham şe’riyat başorat qilgan. Bilasizmi, nimani başorat qilgan, hozirgi olimlar koinotning biz bilmagan gallaktikalarida mutlaqo boşqa ölçamlar bor deydi, ehtimol u yerda sivilizatsiyalar bor va u yerdagi ölçamlar mutlaqo boşqa, biz uning qandayligini hatto tasavvurimizga siğdirolmaymiz deyişadi. Bu vaqt ölçami ma’nosida yo zamon ölçami ma’nosidami, xullas, hammasida şunday. Demak, haqiqiy şe’riyat hamon mavjud va u öz davrining fikr ölçamlaridan oldinda yurmoqda. Ammo uni tuşuniş uçun siz istalgan şe’rni olib öqib ketişingiz kifoya emas. Ha, endi şe’rni öqiş, anglaş, his qiliş uçun xos böliş har qaçongidan-da zarur. Hayotimizning hamma pallasi va jabhasi şe’rga aylanganda şe’riyatning özi nima demoqda? Siz şe’r voqeligiga ayni şu nuqtadan qaray olişingiz kerak.
Buning uçun esa yana öşa — xoslik muammosi. Şe’r nega öqilmayotganiga sabab ham şu – öquvçining özini xos darajada tarbiyalay olmasligi, mabodo xos böliş haqida gap ketsa, tezda burun jiyirişi. Töğri, bilmagan narsamizni birov bilmaysan deb aytsa, darrov egomizga tegib ketadi va örnimizdan sakrab ketamiz. Lekin ikkinçi tomondan öylab qarasa, sizda imkon bor. Bilmagan narsangizni qaçondir biliş yoki şu ego izmida heç qaçon bilmay ötiş. Xos böling, degan gapni ham kamsitilişdek qabul qilişingiz mumkin. Ammo unutmang, nega xos böling desa jahlingiz çiqadi, bilasizmi, biz özimizni hamma yuqori, yuksak narsalarga loyiq körmay qöygan odamlar ekanimizdan. Biz özimizni xoslikka loyiq körmasligimiz va özimizni xos qilib tarbiyalaşga urinmasligimiz evaziga ham xoslikdan burun jiyiramiz. Ammo siz çinakam şe’riyatdan zavq olişni istasangiz, xos bölişingizga töğri keladi. Agar siz buni tanlamasangiz ham, yuksak şe’riyat doim yaşayveradi, özini xoslikka loyiq köradigan insonlar va xalqlar uçun. Ular şe’riyat bergan tasavvur imkoni evaziga poeziyani hayotga tatbiq qilib boraveradilar.
Şe’r öqing. Buning uçun özingizni xoslikka loyiq köring. Xos böling!
Tillaniso Nuryoğdi, filologiya fanlari böyiç falsafa doktori (Phd)
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.