Adliya vazirligining ma’lum qilişiça, fuqaro B.Muxamedxodjayev mualliflik huquqlari buzilgani va qonunbuzarga çora körişni sörab Adliya vazirligiga murojaat qilgan. Aniqlanişiça, fuqaro J.R. tomonidan muallif B.Muxamedxodjayev qalamiga mansub «Enajon» nomli şe’rdan huquq egasining ruxsatisiz hamda tegişli tartibda şartnoma tuzmasdan foydalangan holda qöşiq ijro etilgan hamda YouTube platformasi orqali tarqatilgan.
Holat yuzasidan fuqaro J.R. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnoma rasmiylaştirilib, javobgarlik masalasini körib çiqiş uçun sudga yuborilgan va u sud qaroriga asosan jarimaga tortilgan.
Rasmiy xabarda jarima miqdori keltirilmagan. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 177(1)-moddasi birinçi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uçun fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdori (ayni paytda 330 ming söm – tahr.)ning beş baravaridan ön baravarigaça (1 650 ming sömdan 3 300 ming sömgaça) miqdorda jarima belgilangan.
Biroq bu şoirdan ruxsat olmay uning şe’rini qöşiq qilgan xonanda tölaydigan yagona jarima emas. Endi şoir sud orqali J.R.dan tovon puli undirişi mumkin. Adliya vazirligining eslatişiça, “Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida”gi qonunning 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilişi faktidan qat’i nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigaça (6 600 ming sömdan 330 mln sömgaça) tovon puli talab qiliş huquqiga ega.
Garçi vazirlik xabarida javobgarlikka tortilgan xonandaning ismi töliq keltirilmagan bölsa-da, u şou-biznes olamida Janob Rasul sifatida tanilgan qöşiqçi bölişi mumkin. Çunki YouTube’da “Enajon opa” deb nomlangan va bugungaça 13 mln marta körilgan qöşiq aynan uşbu xonandaga tegişli. Qolaversa, Janob Rasul uşbu qöşiqni 2018 yilgi konsertida ham kuylagan.
Adliya vazirligi matbuot kotibi Kun.uz söroviga javoban murojaatçining talabi böyiça ism-familiyalar qisqartirib berilgani, şu sababli bu ma’lumotni oçiqlay olmasliklarini bildirdi.

















