Birlaşgan Arab Amirliklaridan bölgan şoir internetda “nomaqbul” şe'rni e'lon qilingani tufayli uç oyga ozodlikdan mahrum etildi hamda jarimaga tortildi. Bu haqda Khaleej Times naşri xabar berdi.
Şoir Abu Zabi birinçi instansiyadagi federal sudi tomonidan uç oyga qamaldi hamda 250 ming dirxam miqdorida jarima tölaydigan böldi. U BAAning internetdagi jinoyatlar va jamoat tartibini buziş böyiça qonuniga zid xatti-harakatni amalga oşirişda aybdor deb tan olindi.
Sud qaroriga köra, ijtimoiy tarmoqda e'lon qilingan şe'r “BAA qadriyatlari, şuningdek etika va diniy normalarga ziddir”.
Şe'r aynan nima haqida bölgani noma'lum.

















