Litva Rossiyadan himoyalaniş uçun Ukrainaga harbiy yordamning navbatdagi partiyasini jönatdi. Bu haqda Boltiqböyi davlati Mudofaa vazirligi 10 noyabr, juma kuni xabar berdi.

Xususan, NASAMS havo hujumidan mudofaa tizimi uçun işga tuşiriş moslamalari, şuningdek, ular bilan işlaş uçun zarur bölgan zamonaviy transport vositalari Ukrainaga ötkazildi, deyiladi Litva Mudofaa vazirligi saytidagi press-relizda. 

Litvaning Ukrainaga harbiy yordami

Litva mudofaa vaziri Arvidas Anuşauskas ta’kidlaganidek, Vilnyus tomonidan sotib olingan NASAMS havo mudofaa tizimlari Norvegiya va Qöşma Ştatlar tomonidan taqdim etilgan şunga öxşaş tizimlardan foydalaniş imkoniyatlarini «töldiradi va kengaytiradi». «Bizning yordamimiz Ukraina mudofaasida muhim omil bölib qolmoqda. Biz Ukrainaning ehtiyojlarini eşityapmiz va ittifoqçilarimizni ham ularni eşitişga çaqiramiz», - deya ta’kidladi Litva vaziri. 

Qayd etilişiça, Litva Mudofaa vazirligi yurisdiksiyasi ostidagi Mudofaa resurslari agentligi iyun oyida Norvegiyaning Kongsberg kompaniyasi bilan Ukraina uçun NASAMS tizimlarini sotib oliş böyiça kelişuv tuzgan. Ukraina Qurolli kuçlariga topşirilişidan oldin ham ukrainalik harbiylar Norvegiyada uşbu havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan işlaş böyiça öquv kurslarini, şuningdek, haydovçilar va mexaniklar kurslarini ötaş imkoniyatiga ega böldi. 

Litvaning Ukrainaga harbiy yordami umumiy hajmi yarim milliard yevroni taşkil etadi, deya xabar beradi Litva Mudofaa vazirligi sayti. Yaqin kelajakda Kiyevni granatomyotlar uçun öq-dorilar, logistika uçun transport vositalari, şuningdek, qişda zarur bölgan «har xil mudofaa buyumlari» bilan ta’minlaş rejalaştirilgan. 

Litva mudofaa vazirining Kiyevga taşrifi 

10 noyabr kuni Anuşauskas Kiyevga taşrif buyurib, u yerda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy va mudofaa vaziri Rustem Umerov bilan uçraşdi. Şu bilan birga, «hal qiluvçi rol öynaydigan Ukrainani qöllab-quvvatlaş masalasi muhokama qilindi», dedi Litva vaziri X ijtimoiy tarmoğida. 

Öz navbatida, Zelenskiy «Litva xalqining Ukraina va ukrainaliklarni harbiy, siyosiy qöllab-quvvatlaşini» qadrlaşini yozdi.