Eyfel minorasini sotgan firibgar – tarixdagi eng maşhur aldovlar
|15:52 / 12.11.202337 11917 min
Maşhur firibgarlar tarixiga nazar taşlasangiz, ehhe, ular nimalar qilişmagan? Biri Eyfelni sotmoqçi bölgan, ikkinçisi dunyoga maşhur Luvr muzeyi mutasaddilarini aldagan. Boşqasi esa çek va turli banknotlarni aslidan farq qilmaydigan tarzda yasab tarqatgan. Uşbu materialda yaqin tarixda sodir etilgan eng maşhur firibgarliklar bayon qilingan.
Odamlar oson pul topiş uçun nimalar qilişmaydi: öğrilik, firibgarlik, tovlamaçilik, talonçilik va bosqinçilik. Şular orasida eng köp tarqalgani firibgarlik hisoblanadi.
Har yili Yer yuzi böylab millionlab insonlar turli firibgarliklar qurboni böladi va pullaridan, yer-mulklaridan ayriladi.
Masalan, 2022 yilda Yer yuzida birgina telefon orqali sodir etilgan firibgarliklar tufayli odamlar 53 mlrd dollar pullaridan ayrilgan.
Aksariyat hollarda ayrimlar uçun firibgarlik nafaqat pul topiş usuli, balki hayot tarziga aylanadi. Taniqli dallollar va sarguzaşt izlovçilar mahorat bilan ism-şariflarini, kasblarini va tarjimai hollarini özgartirişadi.
Agar firibgar qançalik mahoratli va iqtidorli bölsa, şunçalik katta tavakkalga qöl uradi va maşhurroq odamlarni aldab ketadi. Katta kompaniyalarni, hatto şahar ahlini ham aldab, çuv tuşirib ketişi mumkin.
Tarixda bunday hodisalar köp bölgan. Maşhur firibgarlardan biri Eyfel minorasini sotuvga qöygan, boşqasi şaxsan Benito Mussolinini aldagan. Quyida juda şov-şuv bölgan maşhur firibgarliklar haqida söz yuritamiz.
Viktor Lyustig – Eyfel minorasini sotgan firibgar
Viktor Lyustig özining birinçi firibgarligini 1910 yilda, 20 yoşida qilgan. U xaridorga özi yasagan soxta yuz dollarlik pulni çop etişga möljallangan ixçam uskunani körsatib, rosa maqtaydi.
Söng undan 100 dollarlik pulni çiqarib körsatadi va uskuna har olti soatda bitta banknot çiqarişini aytadi. Muvaffaqiyatli namoyişdan söng bitim tuziladi. Lyustig 30 ming dollar oladi, mijoz esa möjizaviy uskunani. Firibgar qölga tuşib qolmaslik uçun darhol xaridorning oldidan ketadi.
Uskuna heç qanday dollar çiqarmas, u hatto qoğozga naqş ham tuşirmasdi. Viktor çiqarib körsatgan dollar haqiqiy bölib, firibgar uni uskuna içiga oldindan joylab qöygandi.
Lyustig eng maşhur firibgarligini 1925 yilda, Parijda Eyfel minorasida navbatdagi ta’mirlaş işlari olib borilayotganda amalga oşirgan.
Eyfelning atrofi örab qöyilganidan foydalangan Lyustig minoraga mas’ul bölgan poçta va telegraf vazirligining yuqori mansabdor şaxsi nomidan soxta hujjatlar tayyorlab, beşta yirik temirfuruşga taklifnoma jönatadi.
Mavzuga oid
Ulardan biri bilan uçraşuv çoğida firibgar tadbirkorga Eyfel minorasi yaroqsiz holga kelib, Parij aholisi va uning mehmonlari uçun xavf tuğdirayotganini, şu bois şahar hokimiyati uni yöq qilişga qaror qilganini aytadi.
Bu iş jamoatçilik noroziligiga uçraşi mumkinligi sababli, minorani buziş şartnomasi böyiça yopiq auksion ötkaziş huquqiga egaligini ta’kidlaydi. Laqqa tuşgan xaridor Lyustigga 250 ming frankka çek yozib beradi. Firibgar darhol pulni naqdlaştirib, mamlakatdan qoçib ketadi.
Vilgelm Foygt – şahar hokimiyatini egallab olgan soxta ofitser
1906 yilda işsiz qolgan Vilgelm Foygt Berlinga tutaş Kyopenik şaharçasida Prussiya armiyasi kapitanining kiyimini sotib oladi va mahalliy kazarmaga boradi.
Vilgelm u yerda tört nafar harbiyni uçratadi va ularga burgomister va ğaznaçini hibsga oliş uçun özi bilan birga şaharça ma’muriyatiga borişni buyuradi.
Askarlar ofitserga böysunmaslikka jur’at eta olmaydi va unga ergaşişadi. Vilgelm şaharça ma’muriyati binosiga kirib, burgomister va ğaznaçi davlat mablağlarini özlaştirgani uçun hibsga olinişini e’lon qiladi.
Firibgar u yerdagi barça pullarni aşyoviy dalil sifatida musodara qilinişini aytib, ularni oladi. Söng askarlarga ikkala mahbusni qöriqlaşni buyurib, özi vokzalga boradi va şaharçadan qoçib ketadi.
Vilgelmni 10 kundan keyin uşlaşadi va 4 yilga ozodlikdan mahrum qilişadi. Oradan ikki yil ötib, firibgarning bu işi imperator Vilgelm I ning quloğiga yetadi.
Şunda imperator oddiy bir firibgarning dadilligidan hayratga tuşadi va alohida farmon çiqarib, uni ozod qiladi. Şundan söng firibgar Yevropa va Amerikada maşhur şaxsga aylanadi.
1909 yilda Vilgelm bu hayratlanarli voqea haqida asar yozib çop ettiradi. Köp ötmay hodisa haqida film suratga olinadi va spektakl sahnalaştiriladi. Şu tariqa Vilgelm boyib ketadi va firibgarlik qilişga hojat qolmaydi.
Bugungi kunda, Kyopenik şahar ma’muriyati binosi oldidagi zinapoyada «afsonaviy kapitan»ning bronza haykali örnatilgan. Şuningdek, Londondagi Madam Tyusso muzeyiga uning mumdan yasalgan haykali qöyilgan.
Jozef Ueyl – Mussolinini aldagan firibgar
Jozef Ueyl XX asrning juda maşhur firibgari edi. U hatto «firibgarlar qiroli» deb laqab olgandi. Bir kuni Jozef banklardan biri yangi joyga köçib ötayotganini eşitib qoladi.
U bundan foydalanib qoliş uçun darhol böş binoni ijaraga oladi. Söng bir guruh soxta xodimlarni işga qabul qiladi. Soxta mijozlar yollaydi va bank faoliyatini boşlaydi.
Öşa kunning özidayoq bank arzon narxda yer uçastkasini sotişi haqida e’lon beradi. Bularning barçasi mahalliy boylardan birini tuzoqqa tuşiriş uçun qilinayotgandi.
Reja iş beradi va millioner tuzoqqa tuşadi. U bankka kirib kelganda bir muddat Jozefni kutib qoladi va kassalar oldidagi navbatlarni, qoğoz uyumlarini kötargan xodimlarni, qöriqçilarni kuzatadi, barçasi risoladagidek.
Bank egasi rolini öynayotgan Jozef boy mijozni çarçagan va norozi holda kutib oladi. Biroz ötib kelişuv imzolanadi va boy yer uçun pullarni tölaydi. Unga yerning hujjatlarini berişadi.
Mijoz çiqib ketgandan söng Jozef barçaga javob berib yuboradi va binoni böşatib çiqib ketadi.
Ertasi kuni öşa köçadan ötayotgan boy keça özi kirgan bank binosida heç kim körinmayotganidan şubhaga tuşadi. Şunda u firibgarga çuv tuşganini, qölidagi hujjatlar soxta ekanini biladi.
Qiziği şundaki, Jozef öz davrida Italiya faşizmining otasi, mamlakatni 20 yil (1925-1945) boşqargan Benito Mussolinini ham çuv tuşirgandi.
Jozef bir marta AQŞning Kolorado ştatidagi konlarni özlaştiriş huquqini sotiş haqida e’lon berganda, ularni Benito Mussolini ham sotib oladi.
Italiya maxsus xizmati xodimlari Jozefning bu firibgarligini foş qilganda u 2 million dollar bilan qoçib ketişga muvaffaq böladi.
Jozef faoliyati davomida bir neça marta qamalib çiqadi. U uzoq umr köradi va 1976 yilda 101 yoşida vafot etadi.
Frenk Abigneyl – FQBni ham doğda qoldirgan firibgar
Frenk Abigneyl qalbaki çeklarni yasay boşlaganida 16 yoşda edi. Keyinçalik soxta çeklarni yasab tarqatiş uning odatiy işiga aylanadi.
Abigneyl Pan American uçuvçisining soxta guvohnomasi maxsus formasini qölga kiritadi va aviakompaniya samolyotlarida dunyo böylab tekinga uça boşlaydi. U qayerga borsa, öşa yerda soxta çeklarni naqd pullarga almaştirib olaveradi.
Şu tariqa Frenk yasagan 2,5 million dollarlik soxta çeklar dunyo böylab tarqalib ketadi, 26 ta davlatda muomalada böladi. Yigitda heç qanday diplom yöq edi. Şunday bölsa ham u soxta diplom bilan şifoxonada işlaydi, prokuror yordamçisi böladi. Oxir-oqibat FQB Frenkni uşlaşga muvaffaq böladi.
1971 yilda Virjiniya ştati Oliy sudi Abigneylni 12 yillik qamoq jazosiga hukm qiladi. Şunda FQB soxta çek va pullarni aniqlaşda noyob iste’dod egasi bölgan Abigneylga hamkorlik taklif etadi.
Hamkorlikning şarti şu ediki, Abigneyl soxta çeklarni aniqlaşda FQBga kömaklaşadi. Buning evaziga ular Frenkning qamoqdan muddatidan oldin çiqişiga yordam berişadi.
Abigneyl qamoq muddatining törtdan birini ötagaç FQB kafilligi ostida ozod qilinadi. Şundan söng uni Byuroga işga olişadi. Frenkni ta’qib qilib hibsga olgan agent keyinçalik uning eng yaqin döstiga aylanadi.
Keyinçalik Abigneyl haqida Hollivudda film suratga olinadi. Filmni maşhur rejissyor Stiven Spilberg suratga olgan va unda boş rollarni Hollivud yulduzlari Leonardo di Kaprio va Tom Henks ijro etgan.
«Tutqiç bermas firibgar» deb nomlangan mazkur film ikkita Oskar mukofotini qölga kiritgan va ijodkorlariga juda katta mablağ işlab bergan.
Ferdinand Demara – tibbiy ma’lumotga ega bölmagan iste’dodli şifokor
1950-1953 yillarda bölib ötgan Koreya yarimorolidagi fuqarolar uruşi paytida Kanadaning «Kayuga» esminetsi bortiga önlab yarador askarlar olib çiqiladi.
Yaradorlarning barçasini kema şifokori Jozef Kayr operatsiya qiladi va ular tuzalib ketişadi. Öşanda Jozef amalga oşirgan eng qiyin operatsiyalardan biri – kökrak qafasidan öqni olib taşlaş – hatto Kanadaning ixtisoslaşgan jurnaliga kiritiladi. Bu katta janjalning boşlanişi edi.
Ma’lum bölişiça, şifokor Kayr soxta ism-şarif bilan harbiy-dengiz flotiga qöşilgan va u qalbaki hujjatlarda körsatilgandek Kanada fuqarosi emas, balki amerikalik Ferdinand Demara bölgan.
Eng hayratlanarlisi, bu şaxsning tibbiyotga umuman aloqasi yöq edi. Foş bölganidan söng Demara kuçli xotira sohibi ekani va katta hajmdagi matnni sözma-söz eslab qoliş qobiliyatiga egaligini aytadi.
Ma’lum bölişiça, Demara har bir operatsiyadan oldin jarrohlik böyiça darslikning tegişli bölimini örgangan.
Aytgança, şifokorlik Ferdinand Demara özini sinab körgan yagona kasb emas. U hayoti davomida quriliş muhandisi, şerif örinbosari, qamoqxona nazoratçisi, psixologiya fanlari doktori, advokat, bolalarni himoya qiliş xizmati eksperti, jarroh va öqituvçi bölib işlagan.
Turli işlarda işlar ekan u moddiy manfaatdorlik uçun bunday qilmagan. Firibgarni faqat ijtimoiy mavqe qiziqtirgan.
Meri Beyker – Karabu malikasi
Yana bir maşhur firibgar Meri Beyker ham moddiy manfaatlarni közlamasdi. U 1817 yilda ekzotik kiyimda, boşida salla bilan Angliyaning Glosterşir grafligida paydo böladi.
Meri daraxtlarga çiqadi, ğalati qöşiqlar kuylaydi. Qiz angliyaliklarga notaniş tilda gapirardi. Avvaliga barçaga notaniş bölgan bu qiz har joyda yaşab yuradi.
Kunlarning birida portugaliyalik dengizçi Manuel Eynesso uning nutqini tuşunayotganini aytadi. Dengizçining aytişiça, qiz Hind okeanida joylaşgan orol malikasi Karabu. U qaroqçilar tomonidan asirga olingan. Qaroqçilarning kemasi halokatga uçragaç, qiz qoçib qutulişga muvaffaq bölgan.
Bu yangilik glosterşirliklarning notaniş qizga bölgan qiziqişlarini oşiradi. Biroq uning rasmi mahalliy gazetada paydo bölgandan söng, bir ayol aslida etikdözning qizi bölgan Merini tanib qoladi.
Sud yolğonçini jazo sifatida Filadelfiyaga yuboradi. Ammo Meri u yerda ham odamlarni sirli malika haqidagi hikoyasi bilan aldamoqçi böladi. Keyinçalik Beykerning tarjimai holi haqida «Malika Karabu» filmi suratga olinadi.
Sergey Mavrodi – koliyaviy piramida asosçisi
1993 yilda Sergey Mavrodi tomonidan taşkil etilgan MMM kooperativi qimmatli qoğozlarni çiqardi. Köp ötmay kooperativ 10-15 million kişini jalb etadi va Rossiya tarixidagi eng yirik moliyaviy piramidaga aylanadi.
Eng avjiga çiqqan paytda MMMga jalb etilgan depozitlar miqdori mamlakat jami budjetining uçdan bir qismini taşkil etadi.
1994 yil 4 avgustiga kelib MMM aksiyalari narxi özining dastlabki qiymatidan 127 marta oşadi. Ba’zi ekspertlarning fikriça, öşa paytda Sergey Mavrodi birgina Moskva şahrining özida kuniga taxminan 50 million dollar işlab topgan.
Piramida qulaganida millionlab odamlar öz jamğarmalaridan mahrum bölişadi. Turli hisob-kitoblarga köra, Mavrodi yetkazgan zararning umumiy miqdori 110 million dollardan 80 milliard dollargaça edi.
Mavrodi avvaliga özini Rossiyadan qoçib ketganday körsatib yaşirinadi. U interpol tomonidan qidirilayotganda ham Stock Generation nomli virtual moliyaviy piramida taşkil etib, odamlarning pullarini özlaştiriş bilan band edi.
2003 yilda Mavrodi uşlanadi. 2007 yilda Moskva şahridagi sudlardan biri uni 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etadi. Firibgar 2018 yilda Moskva köçalaridan birida yurak xuruji tufayli vafot etadi.
Goxmanlar – Luvr muzeyini aldagan aka-uka
Aka-uka Goxmanlar XIX asrda Odessada yaşagan. Ular köpinç tarixiy osori-atiqalar bilan birga soxta narsalarni ham sotadigan dökonga egalik qilgan.
Goxmanlar katta pulni orzu qilişardi, şu maqsadda ular haqiqatan ham misli körilmagan tadbirni taşkil etişga qaror qilişadi. 1896 yilda ular oddiy tojni Luvr muzeyiga skif qiroli Saytafarnaning noyob toji deb 200 ming frankka pullaşadi.
Yetti yil davomida butun dunyodan köplab odamlar Parijga uşbu möjizani köriş uçun keladi. Sakkizinçi yilda rassom va haykaltaroş Ellin Mayens tojning soxtaligini foş qiladi. Şunday bölsa-da, aka-uka firibgarlarni javobgarlikka tortişning iloji bölmaydi.
Pavel Şpeyyer – Moskva general-gubernatorining uyini sotgan firibgar
Rossiya tarixidagi eng şov-şuvli firibgarlik XIX asrning ikkinçi yarmida sodir bölgan. 1867 yilda Pavel Şpeyyer boşçiligida firibgarlar guruhi taşkil etilgan.
Ular bir neça yil davomida köplab firibgarliklarni sodir etişadi. Oxir-oqibat Şpeyyer kimsan Moskva general-gubernatorini ham aldagaç guruhning barça a’zolari uşlanib, jazolanadi.
Firibgarliklar ortidan yaxşi daromad qilgan va aslzodalarday yurgan Şpeyyer Moskva general-gubernatori knyaz Vladimir Dolgorukovning işonçiga kiradi va uning döstiga aylanadi.
Kunlarning birida firibgar «dösti»dan yaşab turgan qörğonini bir kunga berib turişni söraydi. General xursandçilik bilan rozi böladi va oilasi bilan dam olişga şahar taşqarisiga çiqib ketadi.
Şundan söng Şpeyyer generalning qörğonini biroz avval tanişgan ingliz lordiga öz uyi deb körsatadi va katta miqdordagi pulga sotadi.
Bir neça kundan söng general dam olişdan qaytib, noma’lum şaxs xizmatkorlari bilan birga uyiga narsalarni tuşirayotgani ustidan çiqadi. Ma’lum bölişiça, Şpeyyer qörğonni unga 100 000 rublga sotgan.
Notarius tomonidan berilgan oldi-sotdi hujjati qalbaki bölib çiqadi. Hujjatni bergan notariusni esa topib bölmaydi.
General-gubernator firibgardan qattiq qasos olişga ahd qiladi. 1875 yilda guruhning deyarli barça a’zolari hibsga olinib, jazoga tortiladi. Qiziği, sudlangan 48 firibgardan 36 nafari zodagonlarga mansub edi.
Asosiy taşkilotçilar surgun qilinadi, ijroçilar turli muddatlarga qamaladi. Bir neçtasi katta jarimalar bilan qutulib qoldi. Öşanda Şpeyyer qoçib ketadi va uni tutişning iloji bölmaydi.
Savin–Graf de Tuluza-Latrek – Rossiya hukumati vakili
XX asr boşlarida Rossiya armiyasi ofitseri Nikolay Savin San-Fransiskoga boradi va eng yaxşi mehmonxonadan joy olib, özini hammaga graf de Tuluza-Latrek deb taniştiradi.
U mahalliy gazetalarga intervyu beradi, AQŞga Rossiya hukumatining topşiriği bilan Trans-Sibir temiryöli qurilişi uçun Amerikadan hamkor topiş maqsadida kelganini aytadi.
Firibgarning yolğonlariga laqqa tuşgan bir neça tadbirkor soxta grafning qabuliga kiriş uçun navbatda turadi. Unga qimmatbaho sovğalar berişadi.
Kaliforniya böylab sayohat qilib ança pul yiğib olganidan söng soxta graf Rossiya hukumati bilan hamkorlik qilmoqçi bölgan tadbirkorlarni doğda qoldirib, ğoyib böldi.
Köp ötmay Savin Rimda paydo böladi. Bu yerda Italiya Mudofaa vazirligi qurolli kuçlar uçun köp ot sotib oliş haqida e’lon bergandi. Firibgar darhol yilqiçilik bilan şuğullanuvçi yirik rus çorvaçisi roliga kiradi.
Söng u Mudofaa vazirligi bilan otlarni yetkazib beriş böyiça muvaffaqiyatli şartnoma tuzadi va avans uçun berilgan yirik miqdordagi pullarni olib qoçib ketadi.
Bolgariya poytaxtida u Nikolay I ning öğli Buyuk gersog Konstantin Nikolayeviç rolini ham qoyillatib öynaydi. Firibgar juda işonarli tarzda gersogning qiyofasiga kirgan edi.
Unga sovğa-salomlar berişar, har kuni ziyofatlarga taklif etişardi. Biroq Sofiya şahridagi sartaroş gersogning soçini kesayotib, uni foş qilib qöyadi. Firibgar u yerdan ham qoçişga majbur böladi.
Savinning yana bir maşhur firibgarligi Sankt-Peterburgdagi Qişki saroyni boy amerikalikka sotiş bölgan. Bu iş ham muvaffaqiyatli amalga oşgan va firibgar ança mablağ işlab olgan.
Amerikalik çuv tuşganini bilganida 1917 yildagi fevral inqilobi sodir bölgan, mamlakatda yuz berayotan talatöplar tufayli uni eşitadigan odam yöq edi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi