Toşkent şahri 2025 yil IV yoşlar Osiyo va V Para Osiyo öyinlariga mezbonlik qiladi. 

Musobaqaga tayyorgarlik doirasida jadal sur’atlarda Xitoyning «CAMC Engineering» kompaniyasi bilan hamkorlikda kompleks — Olimpiya şaharçasi bunyod etilmoqda. 

Şaharça maydoni — 100 gektar. Bu yerda 10 ming örinli yengil atletika va futbol stadioni, 6ta yopiq (asosiy stadion, velodrom, suv sporti saroyi, jamoaviy va yakkakuraş turlari uçun 1tadan arena) va 13ta oçiq (çim ustida xokkey, sohil voleyboli, 3x3 basketbol, futzal uçun 2tadan arena, şuningdek, yengil atletika maşğulotlari uçun maydon) inşootlar barpo etilmoqda.

Quriliş 2025 yilning boşida yakunlanişi kutilmoqda.