Osiyo Olimpiya kengaşi Özbekiston mezbonligida Toşkentda ötkazilişi rejalaştirilgan Yoşlar örtasidagi 3-Osiyo öyinlari 2025 yilda Bahraynda ötkazilişini ma’lum qilgani töğrisida xabar berilgandi. Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi Osiyo yoşlar öyinlariga mezbonlik qiladigan davlat nomi nima sababdan özgargani yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 2 dekabr kuni Osiyo Olimpiya kengaşi (OOK) Ijroiya qömitasining yiğilişi bölib ötgan. Onlayn formatda taşkil etilgan majlis kun tartibidan Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi va Sport vazirligining murojaatini körib çiqiş ham örin olgan.
Toşkentda qurilayotgan Olimpiya şaharçasi faqatgina yoşlar Osiyo öyinlari uçun emas, majmuani kelgusida özbek sportining taraqqiyotini yangi bosqiçga olib çiqadigan ilmiy-metodik klasterga aylantiriş közda tutilgan. Unda zamonaviy sport obektlaridan taşqari Sport vazirligi, köplab federatsiya va assotsiatsiyalar, sport akademiyasi, sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi kabi inşootlar ham örin olib, bu maskanda terma jamoalarimizni tayyorlaşdagi nazariya va amaliyot birlaşadi.
Ta’kidlanişiça, pandemiyadan keyingi çeklovlar sababli Olimpiya şaharçasi qurilişi uçun zarur vositalar yetkaziş jarayonida uzilişlar kuzatilgani va foydalanişga topşiriş muddati keçikişini inobatga olgan holda Özbekiston tomoni OOKdan musobaqani yana bir yilga surişni söragan.
Biroq Olimpiya sport turlaridagi bellaşuvlar kelgusida Dakar-2026 ösmirlar yozgi Olimpiya öyinlariga saralaş vazifasini bajarişi nazarda tutilgani bois OOK III yoşlar Osiyo öyinlari 2025 yilda taşkil etilişi muhimligini bildirgan.
Şu tufayli, OOK III yoşlar Osiyo öyinlari mezbonligini Bahraynga topşirgan va Özbekistonga Islom birdamligi öyinlari yoki Jang san’ati va yopiq inşootlardagi Osiyo öyinlari kabi kattalar miqyosidagi yirik kompleks tadbirlarni ötkazişga tayyorgarlik körişni tavsiya qilgan.
«Ta’kidlaş joizki, Özbekiston ommaviy sport va olimpiya harakatini rivojlantirişga sodiq qolmoqda. Şu ma’noda, Olimpiya şaharçasini barpo etiş, undan unumli foydalaniş va uning negizida sportimizni yangi bosqiçga kötariş böyiça prezidentimiz tomonidan berilgan barça topşiriqlar ijrosi ta’minlanadi va kelajakda bu majmua yirik sport tadbirlarini ötkazişga har tomonlama tayyor böladi», — deyiladi munosabatda.













