Özbekiston maktablarining boşlanğiç sinf öquvçilari yangi darsliklar asosida öqitilmoqda. 4K modelida işlangan darsliklarni özlaştiriş darajasi qanday keçyapti? Maktab ta’limida ularning samaradorligi sezildimi? Pedagog hamda öquvçilarning ota-onalari yangi avlod darsliklari haqidagi fikrlari bilan bölişdi.
2023 yilning yanvar oyidan Özbekistonning 14 ta hududidagi tajriba-sinov maktablarda yangi avlod darsliklari joriy etilgandi. Sentyabrdan esa bu amaliyot respublikaning barça boşlanğiç sinflari uçun davom ettirildi. Buning uçun kitoblar 770 nomda 72 mln nusxada çop etildi.
«Öqituvçining asosiy quroli — darslik. Hozirgi darsliklar oxirgi ilğor pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan. Alifbe kitobini oladigan bölsak, unga yozuv-maşq daftari moslaştirib çiqarilgan, ya’ni bir-biri bilan parallel boradi. Maşq daftarlarda faqat yoziş emas, öquvçilar mantiqiy fikrlaşni ham örganadi: tuşib qolgan harflarni, sözni topadi, rasmlar asosida gaplar tuzadi. Alifbe davridan boşlab ijodiy fikrlaşga, fikrlarini bayon etişga moslangan. Inşolar yozişda 3D rasmlar berilgan, şu asosida bola öz fikrini keng tasvirlay oladi. Umuman, darsliklar bola tuşunadigan tarzda, ijodiy yondaşilib işlangan», — deydi Uçtepa tumanining 287-maktab öqituvçisi Dilşoda Bobomurodova.

Şahnoza Parziyevaning aytişiça, uning qizi bu yil birinçi sinfga boryapti va ularga yangi darsliklar yoqqan:
«Qizim 1-sinfga çiqdi. Kitoblar ustidagi qiziqarli rasmlar, rang-baranglik qizimga yoqdi. Bundan taşqari 3D formatdagi rasmlar ham ma’qul keldi», — deydi u.
«Kiçkina qizim boşlanğiç sinfda öqiydi. Yangi darsliklar sifatli, yengil. Kitoblar çoraklarga bölingan, bolaga kötarib yurişga qulay. Kitob oçilişi bilan bolani öziga jalb qiladi. Turli multfilm qahramonlari, zamonaviy dizaynlardan foydalanilgan», — deydi yana bir ona Marğuba Rahimova.

Çilonzor tumanining 162-maktab öqituvçisi Gulnora Qöçqorovaning ta’kidlaşiça, yangi darsliklar bolalarda 21-asr könikmalarini şakllantirişga xizmat qiladi. Dasturning «4K» modeli öquvçilarda tanqidiy fikrlaş, ijodiy yondaşuv, jamoada işlaş va muloqot könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan:












