Migratsiya masalalari böyiça ekspert Botirjon Şermuhammad Rossiyadagi özbek vatandoşlarini pul uçun narkokurerlikka yollaniş va uning oğir oqibatlaridan ogohlantirdi.
Botirjon Şermuhammadga köra, oxirgi yillarda Rossiyada narkokurerlik faoliyati va bu faoliyatga asosan muhojirlarni jalb qiliş holatlari köpayib bormoqda.
“Bunday işlarga köp holatlarda özbek yoşlari aralaşib qolyapti. Mendagi ma’lumotlarga köra, yoşlarda narkotikka emas, bu faoliyatdan keladigan vaqtinça daromadga qiziqiş katta. Ularni ana şu vaqtinça daromad aldab qöymoqda.
Şunday bölsa-da, men yoşlarimizning nega şu işlarga aralaşayotganiga hayronman, çunki ular bu jinoyat uçun jazo katta ekanini bilişadi. Ha, bunday işlarni bilmasdan qilyapti, deyiş qiyin, asosiy holatda özlari bilib qilyapti.
Bugun kurerlarning har bitta xizmati 300-700 rubl oraliğida ekan — bu katta pul emas. Bir kunda 20-30 ta joyga yetkazib berganda ham, kuniga 100 dollar pul topişi mumkin. Ammo bularning bari katta xavf, tavakkal hisobiga böladi-ku.
Kurerlarning faoliyati 2-3 oydan köpga bormaydi. Çunki ular örtaça şunça vaqtda qölga tuşadi hamda uzoq yilga qamaladi”, – dedi yurist.
Mutaxassisning qöşimça qilişiça, migrantlarni şu kabi işlarga yollaş va ularni uzoq yilga qamaşdan Rossiyadagi manfaatdor tomonlar ham bölişi mumkin. U bu borada norkokurerlik bilan şuğullangan va qölga tuşganlarning barça ma’lumotlari içki işlar organlarida topilayotganiga e’tibor qaratdi.
“Qiziq jihati, içki işlarda uşlangan narkokurerlar haqida barça dallillarning bölişi. Ular kim, qayerga, qança narkotik olib borgan - barçasini dalillari bilan körsatib beryapti. Bilişimça, dori tarqatadiganlar va içki işlar xodimlari örtasida tizim işlaydi. Xodimlar har oyda özini körsatiş uçun dori tarqatuvçi bilan kelişib, 2-3 ta kurerni uşlab berayotgan bölişi mumkin. Bu haqida rossiyalik jurnalistlar ham yozyapti. Bu tizimda faqat kurerlar qurbon böladi.
Narkokurerlik şunday taşkil qilinadiki, kurer iş beruvçisini tanimaydi, hatto operatorlar ham şaxsini yaşirib muloqot qiladi. Hatto şantaj ham qilişar ekan, ya’ni bizga işlaşda davom etmasang, qilgan işlaringni politsiyaga topşiramiz, deyişar ekan. Bu işga kirib qolsa, çiqiş ham qiyin”, – deydi Botirjon Şermuhammad.












