2022 yil 1 sentabrdan xususiy sektorda işlayotgan ayollarga ham davlat tomonidan homiladorlik va tuğuruq nafaqalari tölanişi boşlangandi. Nafaqa miqdori minimal iste’mol xarajatlarining 4 baravarini (bugungi kunda 2 mln 272 ming söm) taşkil etadi.

2023 yilgi davlat budjetida bu xarajatlarni moliyalaştiriş uçun 300,7 mlrd söm ajratilişi közda tutilgan.

2024 yilgi budjet loyihasida esa bu körsatkiçni 100 mlrd sömgaça kamaytiriş rejalaştirilmoqda. Bunga sabab nima?

“Özlaştiriş kam, lekin nega?”

Xususiy sektordagi ayollarga “dekret” puli böyiça davlat xarajatlarini 3 barobarga qisqartiriş rejalaştirilganiga iqtisodçi Otabek Bakirov e’tibor qaratdi. Şundan keyin masalaga Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev aniqlik kiritdi. Uning sözlariga köra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu holatni mablağlarning past darajada özlaştirilişi bilan izohlagan.

“Joriy yil ajratilgan 300 mlrd sömdan atigi 50 mlrd sömga yaqin pul özlaştirilişi kutilmoqda. Şundan kelib çiqib, prognozni 100 mlrdga tuşirişgan. Menimça, bu yerda nega pul özlaştiriş kamligini örganiş kerak. Taxminimça, xususiy sektorda işlaydigan ayollarning katta qismi mehnat şartnomasiz işlaydi”, deya yozdi deputat X (Twitter) sahifasida.

Doniyor Ğaniyevning xususiy sektordagi ayollarga “dekret” pulini berişda byurokratiya bor degan taxmini noörin bölib çiqqan. Uning sözlariga köra, homiladorlik nafaqasi “xuddi suyunçi puli kabi tibbiy ma’lumotnoma asosida avtomatik ajratilar ekan”.

“Asosiy muammo, taxmin qilganimdek, xususiy sektorda ayollar iş örinlarining rasmiy emasligida, ya’ni ularga ijtimoiy va daromad soliqlar tölanmasligida ekan”,