Rossiyaga jönatilgan atirgul partiyasida karantin ostidagi haşarot aniqlandi, deb xabar bermoqda Ösimliklar karantini agentligi.

Qayd etilişiça, Rossiyaning Irkutsk viloyatiga Toşkent viloyati Zangiota tumanida yetiştirilgan 3150 dona atirgul jönatilgan. Dastlabki fitosanitar nazorat davomida ösimlik tamaki oqqanoti haşaroti bilan zararlangani aniqlangan. Bu haqda tadbirkorlik sub’yekti ogohlantirilib, fitosanitar ruxsatnoma berilişi rad etilgan. 

Eksportyorga tamaki oqqanoti zararli karantin osti haşaroti hisoblanişi, qarşi kuraş çoralari haqida körsatma va tavsiyalar berilgan. Ogohlantirişga qaramay tadbirkorning kafolat xati asosida gullar partiyasi eksport uçun yuklatilgan. Zararlangan ösimlikni mamlakat hududiga olib kirişga Rosselxoznadxor tomonidan ruxsat etilmagan va bu haqda taşkilot özining rasmiy manbalarida ma’lum qildi.

Özbekistondan eksport qilingan 3150 dona atirgul tadbirkorning roziligi bilan yoqiş yöli orqali yöq qilingan.

Rossiyaning Irkutsk viloyatiga jönatilgan 3150 dona atirgul bilan bir kunda boşqa tadbirkorlik sub’yekti tomonidan 9000 dan ortiq gul Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi ekspertizasi xulosasi asosida fitosanitar ruxsatnoma rasmiylaştirilib, eksport uçun yuklatilgan. Bu partiyadagi ösimlik mahsulotiga e’tiroz bildirilmagan.