Özbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Ravşan Usmonov Buyuk Britaniya poytaxtiga yetib keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

2018 yildan u Malayziyadagi elçi bölib işlagan. Ravşan Usmonov 45 yoşda. Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toşkent davlat yuridik instituti (hozir - universitet) bitiruvçisi.

2000 yildan taşqi siyosat idorasida iş boşlagan, markaziy apparatda va Özbekistonning Ispaniyadagi elçixonasida turli lavozimlarda xizmat qilgan. Keyinçalik u Taşqi işlar vazirligining Yevropa davlatlari va NATO bilan hamkorlik böyiça boşqarmasiga rahbar bölgan. Fransiyada, şuningdek, Italiya va Portugaliyada elçi sifatida işlagan.

Ravşan Usmonov 2019 yildan buyon Londonda elçi lavozimida işlab kelgan Said Rustamov örnini egalladi.