Qonun loyihasining maqsadi omonatçilarning huquq va manfaatlari himoya qilinişini ta’minlaş va aholining bank tizimiga bölgan işonçini mustahkamlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni belgilaş orqali banklarda omonatlarni kafolatlaş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.

Qonun Omonatlarni kafolatlaş agentligining faoliyati töğrisida umumiy qoidalar, uning faoliyati maqsadlari, huquq va majburiyatlari, agentlikning boşqaruv organlarini, şu jumladan kengaş a’zolari va boş direktorni tayinlaş mezonlarini nazarda tutadi.

Loyiha bilan omonatlarni kafolatlaş tizimi, banklarning kafolatlaş tizimida iştiroki, kafolatlaş tizimi mablağlarini boşqariş, kafolatlaş fondi mablağlari manbalari va mazkur mablağlardan foydalaniş, kafolatlaş fondi taqçilligini moliyalaştiriş belgilanmoqda.

Qonun loyihasi kafolatlaş obektlari, kafolatlangan omonatlar miqdori va ular böyiça kompensatsiya tölaş tartibini nazarda tutadi. Kompensatsiya miqdori, kompensatsiya tölab berişning umumiy prinsiplari, kompensatsiyalarni tölab beriş tartibi, omonatçilarning huquqlari belgilanadi.