Embargo kölankasi. Arablar 50 yil avvalgi kabi neft jömragini yopa oladimi?
|02:05 / 16.11.202340 10716 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
50 yil avval arab davlatlari va Isroil örtasida «Qiyomat kuni» nomini olgan uruş bölib ötgandi. Öşanda isroilliklar AQŞ yordami bilan davlatini saqlab qoladi. Bunga javoban arablar Ğarbga neft embargosi e’lon qilişadi. Oqibatda dunyo iqtisodiyotining «oyoği osmondan bölib ketadi». Bugun yana yarim asr avvalgi kabi tarix takrorlanmoqda: Isroil arab diyorida uruşmoqda, AQŞ yordamga yetib keldi, arablarning jahli çiqqan. Bu gal ham voqealar neft embargosigaça boradimi?
Agar Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikadagi neft magnatlari «qora oltin»ni qazib oliş va bozorga olib çiqiş hajmini qisqartiriş böyiça kelişuvga erişsa, şundoğam Rossiyaning Ukrainaga bosqini, Ğarb va Xitoy örtasidagi savdo uruşidan sillasi qurigan dunyo iqtisodiyoti yanada jiddiy inqiroz yoqasiga kelib qolişi mumkin.
OPeK a’zosi bölgan arab davlatlari Rossiya bilan birga neftdan Ğarbga qarşi qurol sifatida foydalana oladimi? Agar şunday bölsa, Ğarb qanday javob beradi? BBC ekspertlar bilan suhbatlaşib bu savolga javob izladi.
Ehtimoliy embargo haqida nima deyişmoqda?
«Yaqin Şarqdagi 50 yil avvalgi va hozirgi inqiroz öxşaş, lekin endi dunyo energetika bozori 1970-yillardagidan keskin farq qiladi. U köz öngimizda özgarişda davom etmoqda. Dunyo bunday voqealarga 50 yil avvalgidan ança yaxşi tayyorlangan. Insoniyat hozir nima qilişni, «qayerga qoçiş»ni juda yaxşi biladi», deydi Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol.
Isroil tarafdorlari va Falastinni qöllaydiganlar hozirça neft embargosi böyiça tortişmayapti. 7 noyabr kuni Saudiyadagi vazirlardan biridan arab davlatlari neftdan uruşni töxtatiş uçun qurol sifatida foydalanişi mumkin yoki yöqligi haqida söraşdi. «Biz hozir bunday variantni körib çiqmayapmiz. Saudiya Arabistoni tinçlik kelişuvlari orqali sulhga erişiş tarafdori», deb javob qaytardi saudiyalik vazir Xolid al Falih.
Arab embargosi Amerikaning «benziniçar» maşinalarini tarix çiqindixonasiga uloqtirdi. 1973 yilga qadar heç kim suzgiçli «Kadillak» qança benzin sarflaşi haqida öylab körmagan.
11 noyabr kuni Ar-Riyodda uruş boşlanganidan buyon ilk marta Arab davlatlari ligasi yiğilişi ötkazildi va hatto öşa yiğilişda ham neft embargosi haqida söz bormadi. Yiğilganlar Isroil va AQŞ manziliga köplab salbiy fikrlar bildirişdi, lekin bayonotlar amaliy harakatga köçmadi: Isroilga qarşi energetik sanksiyalar haqida heç narsa deyilmadi. Eron oliy rahnamosi oyatulloh Xominaiyning heç bölmasa Isroilga neft yetkazib berişni çeklaş böyiça taklifi ham qöllanmadi.
Mavzuga oid
Isroil dunyo bozoridan har kuni 300 ming barrel neft sotib oladi. Xususan, musulmon davlatlar Qozoğiston va Ozarboyjondan. OPeK mulozimlari ham Eron oliy rahnamosining söroviga javoban ular taşkilotdan siyosiy maqsadda foydalanmasligini aytişdi. Bu borada OPeK+ davlatlari pozitsiyasi esa taşkilotning 26 noyarbdagi yiğilişida ma’lum böladi.
Avvalgi embargo qanday qöllangandi?
Arab davlatlari va Eron 1950-yillardan buyon Falastinda holat keskinlaşganda Ğarbga qarşi neft embargosi masalasini muhokama qilib keladi. Hozirgaça uruşda Isroilni qöllaydigan Ğarb davlatlariga qarşi ikki marta embargo qöllangan: birinçisi 1967 yil Olti kunlik uruş davrida. Bu embargo unçalik samarali bölmagan. Ikkinçi, yaxşigina samarali bölgani 1973 yildagi «Qiyomat kuni» uruşida.
Ğarb ham, arab davlatlari ham öşa ikki embargodan öz xulosalarini çiqargan va balki şuning uçun har ikki tomon embargo haqida gapirmayapti. Ammo boşqa tomondan 50 yil avval ham Isroil va AQŞ heç qanday neft embargosi bölmasligiga aniq işongan, lekin arablar buni uddalagandi.
Avvaliga arablar va Eron uruş boşlanganidan 10 kun ötib AQŞ, Niderlandiya, Yaponiya kabi davlatlarga neft sotişni töxtatadi. Keyinroq öz mahsulotlari uçun narxni 70 foizga oşirişadi. Arab davlatlari neft qazib olişni har oy tuşirib borişi oqibatida «qora oltin» narxi 5 baravar kötarilib ketadi. Öşanda neft asosiy energiya manbasi bölgani sababli dunyo iqtisodiyoti jiddiy inqirozga uçraydi. Oqibatda Yevropa, Yaponiya va AQŞdagi uruşdan keyingi iqtisodiy möjiza töxtab qoladi.
Isroil qöşini Misrdagi Suvayş şahri ostonasida. 1973 yil 27 oktyabr. Orqa planda neftni qayta işlovçi zavod yonmoqda
Amerika iqtisodiyoti 1973-75 yillarda 6 foizga qulab, işsizlik 9 foizgaça oşib ketadi. Yaponiyada uruş davridan buyon ilk marta YaIM hajmi tuşib ketadi. Ammo eng katta zararni öz nefti bölmagan rivojlanayotgan davlatlar, xususan, Hindiston va Xitoy köradi. Ğarb davlatlarida iqtisodiy ösiş 1976 yilga kelibgina tiklanadi, lekin ularni inflatsiya muammosi uzoq yillar ta’qib qiladi.
Aslini olganda, Ğarbdagi inqiroz faqat neft embargosi sabab sodir bölmaydi, muammolar ikki yil avval boşlangandi. Lekin arabça embargo voqealarni tezlaştirib, öziga xos katalizator kabi töplanib qolgan muammolarni global inqirozga aylantiradi.
Embargo butun dunyo iqtisodiyotining «oyoğini osmondan qilgan» bölsa-da, u atigi 5 oy davom etadi. 1974 yil 18 mart kuni embargoni ikki sabab bilan bekor qilişadi. Birinçidan, arab davlatlari embargo sabab ularning neftiga bölgan ehtiyoj pasayişini istamaydi. AQŞ va Yevropa yangi reallikka moslaşib, asta-sekin Yaqin Şarqdagi neft manbalari kamayişiga tayyorlana boşlagandi. OPeK davlatlari energiya bozoridagi ustunlik ğarb neft kompaniyalaridan ularga ötayotganini his qilişadi. Ularga baland narxdagi mahsulot sotib yaşaş juda ma’qul böladi. Şu sabab mijozlarni yöqotib qöyişni istaşmaydi.
Ikkinçidan, embargoning asosiy strategik maqsadi amalga oşmaydi – AQŞ va ittifoqçilari Isroilni qöllaşda davom etadi. Bundan taşqari, AQŞ neft embargosi şaroitida Isroil, Misr va Suriya örtasida vositaçi bölişni istamaydi. Embargo bekor qilinişi bilan mintaqada asta-sekin nomustahkam sulh örnatila boşlaydi. Öşandan buyon arab davlatlari Isroilga aytarli hujum qilmagandi.
Nega hozir embargo ehtimoli kam?
Amsterdam, 1973 yil 4 noyabr. Neft inqirozi tufayli hukumat yonilğini tejaş maqsadida «maşinalarsiz kun» joriy etgan
Dunyoda 50 yil avvalgi va hozirgi siyosiy vaziyat keskin farq qiladi. Ğarb va Yaqin Şarq örtasidagi neft uruşi ehtimoli juda past. Bunga bir neça sabablar bor. Xususan:
Dunyo neftga avvalgi kabi boğliq emas
Aniqroği, 1973 yil dunyo iqtisodiyoti uçun hozirgidan 3,5 baravar köp neft kerak bölgan. Bu Xalqaro valuta fondining aniq ma’lumotlariga asoslangan fakt. 1973 yil dunyodagi energiyaning yarmi neftdan olingan, hozir esa faqat uçdan bir qismi olinadi. 50 yil avvalgi embargogaça barça davlatlar neftga asosiy energiya manbasi deb qaragan. Keyin esa gaz, kömir va atom energiyasiga e’tibor oşadi.
Ğarbning özi neft qazib ola boşladi va OPeK örnini bosuvçilar topildi
Embargo energiya resurslarni faqat bitta manbadan, bitta mintaqadan sotib oliş işonçli emasligini körsatdi. Yevropa Şimoliy dengizda neft qazib olişni rivojlantirdi, AQŞ Alyaskadan neft quvuri tortdi. Ğarb kompaniyalari Yaqin Şarqdan taşqaridagi neft kompaniyalariga faol investitsiya kirita boşladi. Embargo ayniqsa amerikaliklarni şokka tuşiradi. Axir filmlarda AQŞning bitmas-tuganmas neft borligi körsatilardi-ku?
1974 yilda AQŞ hukumati benzin tejalişi uçun tezlikni soatiga 55 milgaça pasaytiradi
1973 yilda AQŞ neftni eng köp import qiladigan davlat edi. Hozir esa amerikaliklar dunyoda eng köp neft işlab çiqaradi va yirik eksportyor hisoblanadi.
Öşanda ösiş bor edi, hozir esa turğunlik
1967 yildan 1973 yilgaça Yaponiya va Yevropa iqtisodiyoti uruşdan keyingi keskin ösişni boşidan ötkazayotgandi. AQŞda ham energiyaga bölgan talab rekord darajada oşib borayotgandi.
Hozir esa neft işlab çiqariş avvalgi kabi qudratini yöqotgan, barça konlar aniqlab bölingan. Bozorda mahsulot faqat Yaqin Şarq nefti hisobiga oşmoqda. Bu esa OPeKdan Ğarbga qarşi riçag sifatida foydalaniş imkonini beradi. Hozir jahon iqtisodiyoti juda sust ösmoqda. Ötgan yilgi ösiş 2,6 foizni taşkil etgan, bu yil esa ösiş 1,5 foiz bölişi taxmin qilingan.
Öşanda AQŞda siyosiy inqiroz edi, hozir bunday emas
Ha, Kongressda Isroil va Ukrainaga yordam masalasida köp tortişişmoqda. Ha, keyingi yil nima qilişini bilib bölmaydigan Donald Tramp yutişi ehtimoli bölgan prezidentlik saylovi ötadi. Ammo bularning heç birini AQŞda 1973-74 yillarda sodir bölgan voqealar bilan taqqoslab bölmaydi.
AQŞ yuqori hokimiyati «Uottergeyt» mojarosidan keyin falajlangan, prezident Nikson muammolar girdobida qolib oxir-oqibat ketişga majbur bölgandi. Öşanda arablar, isroilliklar va Kreml bilan amalda davlat kotibi Henri Kissenjyer mustaqil muzokara olib boradi.
«Bundan şunday xulosa qiliş mumkin: Vaşingtonda palapartişlik bölsa, dunyo ança xavfli böladi», deydi ekspert Deniyel Yergin.
AQŞ davlat kotibi Kissinjyer Ar-Riyoddagi uçraşuvda Saudiya Arabistoni qiroli Feysalni embargoni bekor qilişga köndirişga urinmoqda, 1973 yil 14 dekabr. U öşanda buni uddalay olmagandi
Hamma birgalikda, hamma özi uçun emas
Ğarb embargodan keyin yolğizlikda emas, faqat birgalikda omon qoliş mumkinligini anglaydi. Masalan, öşanda arab davlatlari embargoni barça davlatlarga qarşi joriy qilişmaydi: Britaniya «döst davlatlar» qatoriga kiradi, ammo içki inqirozga qaramay, öşanda britaniyaliklar ham neft importini qisqartirişga rozi böladi.
OPeK nefti importini qisqartirayotgan Ğarb davlatlari neft kompaniyalari mahsulotni rivojlangan davlatlar örtasida ular arablarning çeklovi sabab qiyin holatga tuşib qolmaydigan darajada taqsimlaşga kelişib olişadi. Öşanda paydo bölgan inqirozga qarşi birgalikda kuraşiş texnologiyasi Yevropa davlatlariga yaqinda ham asqatdi. Ötgan yili Rossiya ularni gaz orqali şantaj qilmoqçi bölganida hatto Kreml gaz berişda davom etgan davlatlar ham foydalanişni 15 foizgaça qisqartirişga erişdi. Natijada, Yevropa Ukrainada uruş boşlanganidan buyon Rossiya bilan gaz uruşiga uçinçi qişga ham işonçli tarzda kirib bormoqda.
Ma’lumot yöqligi vahima keltirib çiqaradi
Energiya inqiroziga qarşi kuraşişda bir taşkilotning örni beqiyos. Bu – Xalqaro energetika agentligi. 1973 yilda dunyo nafaqat neft taqçilligiga, balki bunday holatda nima qilişga ham tayyor bölmagan. Ittifoqçilar bilan inqirozga qarşi kuraşiş uçun özi kimga qança neft kerakligi haqida aniq ma’lumot ham bölmagan.
Xalqaro energetika taşkiloti aynan mana şu böşliqni töldirişi kerak edi. Töğri, taşkilot prognozlar böyiça köp adaşadi, lekin ötgan qiş körsatdiki, umuman prognoz bölmaganidan xato bölsa ham prognoz bölgani yaxşi.
Arab embargosi amerikaliklarni oldin bölmagan holatlarga töqnaş qilgandi - benzin uçun navbatda turişga.
Hozir iqtisodçilar, siyosatçilar va biznes talab va narx örtasidagi balans, ular kelajakda qanday özgarişi böyiça 1973 yildagidan farqli ölaroq aniq tasavvurga ega.
Deniyel Yerninning eslaşiça, öşanda heç qanday ma’lumot kanallari bölmagani uçun hamma vahimaga tuşib qolib töğri kelgan neftni töğri kelgan narxga sotib olavergan. «Embargo butun dunyodagi iste’molning atigi 9 foiziga, butun sotilayotgan neftning esa 14 foiziga tegişli edi. Ammo uning oqibatlari butunlay boşqaça bölgandi», deydi ekspert.
Hozir esa ma’lumot bilan boğliq muammo yöq. Kimga qança neft kerak, qayerda qança zaxira borligini onlayn tarzda kuzatib turiş mumkin. Lekin bu zamonaviylikning boşqa jihati ham bor. Arablar neft narxini oşirişi uçun qazib olişni kamaytirişi yoki çeklaşi şart emas, şunçaki bu haqda gapirişining özi birjadagi narxlarni sakratib yuboradi. Agar arab şayxlari neft embargosini jiddiy muhokama qiliş bilan çeklansa ham bu narxga, qazib oliş va yetkazib berişga ta’sir qiladi.
«Neft quroli» narxga tobora kamroq ta’sir qiladi
Hozir 1970-yillardagiga qaraganda neft narxi oşişi kamroq zarar keltiradi. Masalan, 1973-74 yillarda narxlar kötarilgani oqibatida Britaniyadagi konçilar iş taşlaş qilib hukumat özgarişiga erişgan. Lekin kasaba uyuşmalari hozir u qadar katta kuçga ega emas. Şuningdek, hozir inqiroz şaroitida maoşlarni narxlar oşişiga mutanosib tarzda köpaytirişga erişiş deyarli imkonsiz.
Şu sabab hozir neft yoki benzin qimmatlagani kompaniyalar xarajatlarini keskin oşirmaydi. Davlatlar ham maoş tölaş bilan boğliq muammoga uçramaydi. Bu esa inflatsiyani 1970-yillardagi kabi tezlaştirmaydi. Bundan taşqari, hozir markaziy banklar pul-kredit masalasida köproq narxlarga e’tibor beradi, avvalgi kabi bandlik körsatkiçlariga emas.
Hukumatning neftni tejaşga çaqiriqlaridan keyin fransuzlar elektr radiatorlar xarid qilişga çopadi.
Saudiya Arabistoni
Yaqin Şarqdagi asosiy neft eksportçisi iştirokisiz har qanday embargo samarasiz böladi. 1973 yilda Saudiya Arabistoni unçalik xohlamay bölsa-da, embargoga qöşilgan. Lekin hozir boşqaça holat.
«Öşanda Saudiya Isroilga hujum qilgan Suriya va Misr bilan yaqin aloqalarda bölgan. Hozir esa ular HAMASni qöllaşi haqida qandaydir işora ham qilgani yöq», deb yozdi Texas universiteti professori Gregori Gauz Foreign Affairs naşri uçun yozgan maqolasida.
Bundan taşqari, Saudiya Arabistoni allaqaçon narxni oşiriş uçun Rossiya bilan kelişib işlab çiqarişni kamaytirib bölgan.
«Saudiya neft qazib olişni yana kamaytirişdan heç narsa yutmaydi. Çunki bu ularga heç qanday qöşimça bosim qiliş imkonini bermaydi. Bundan taşqari, neftni qazib olişga nafaqat AQŞ, balki Xitoy ham qarşi böladi», deb yozadi Gauz.
Uning fikriça, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon ikki yirik derjava bilan kelişmay qolişni istamaydi: «U Saudiya Arabistoni haqida siyosat foydadan muhim davlat deb öylaşlarini istamaydi. Ustiga-ustak u mamlakat iqtisodiyotini transformatsiya qiliş haqida öylamoqda», deydi professor.
Ar-Riyod yaqinidagi quyoş elektr stansiyasi. Bugungi kunlar
Muqobil energiya manbalari
1973 yildagi arabça neft embargosi dunyo energetika sohasida inqilob boşlagan uçqun bölgandi. Öşandan keyin dunyo neftni tejaşni va yangi energiya resurslarini izlaşni boşladi.
«1970-yillarda köplab davlatlar hammasini boşidan boşlaşga majbur böldi. Neft taqçilligi energiya tejaş va atom energiyasiga kuçli impuls berdi. Ammo bunga köp vaqt ketdi. Quyoş va şamol kabi qayta tiklanuvçi energiyalar endi-endi rivojlana boşlagandi. Hozir esa quyoş panellari, şamol elektr stansiyalari va elektr maşinalar hayotimizning ajralmas qismi. Bizda inqirozlarga qarşi kuraşiş böyiça uzoq muddatli rejalar bor», deydi Xalqaro energetika taşkiloti rahbari Fotih Birol.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi