Xitoyda ma’lumotlar uzatiş tezligi sekundiga 1,2 terabit bölgan dunyodagi eng tezkor optik tolali internet kabelidan foydalaniş boşlandi. Bu bir soniyada 150 ta HD filmini uzatişga teng. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Loyiha Singhua universiteti va aloqa operatorlari örtasidagi hamkorlik natijasi ekani aytilmoqda.
Uzunligi 3 ming km bölgan kabel Pekin, Uhan va Guançjouni boğladi. U joriy yilning iyul oyida tarmoqqa ulangan. Sinovlar tugagaç, töliq işlay boşlagan.
Ma’lumot uzatiş tezligi Qöşma Ştatlardagi şunga öxşaş loyihalardan ön baravar köpligi ta’kidlanmoqda. Olimlar bunday texnologiyalar 2025 yildan keyin paydo bölişini kutişgan edi.
Uşbu loyiha Xitoyda Cernet nomli ta’lim va ilmiy markazlar örtasida yuqori tezlikdagi internet aloqa tizimini yaratiş doirasida amalga oşirildi. Barça dasturiy ta’minot va uskunalar Xitoyda işlab çiqarilgan, bu uning mustaqilligini oşiradi.











