Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqarada O‘zbekistonning turistik yo‘nalishlari namoyish etildi
13 noyabr kuni Anqara shahrida “Asialuxe Travel” Milliy turoperatori va “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi hamkorligida O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot sayyohlar oqimini jalb qilish va O‘zbekiston Respublikasi ichki turizmini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonning noyob sayyohlik yo‘nalishlari, boy tarixi, gastronomiyasi, madaniyati va tabiati bilan tanishtirishga bag‘ishlandi. Marosimda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi mutasaddilari, ikki mamlakat turizm sohasi mas’ullari va 200ga yaqin turistik kompaniya vakillari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar “Asialuxe Travel” tomonidan taqdim etilayotgan yangi tur to‘plamlar va xizmatlari, shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning foydali takliflari bilan tanishtirildi. Kompaniya joriy yilning noyabr oyidan Turkiyaning Anqara shahriga Toshkentdan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ydi va ayni vaqtda haftada bir marotaba reyslar amalga oshirilmoqda. Bu sayyohlar uchun qulay va foydali yo‘nalish hisoblanadi.

Shuningdek, tadbirda:
⁃ O‘zbekistonning noyob turistik marshrutlari va diqqatga sazovor joylari.
⁃ Mintaqaning madaniy merosi va tarixi.
⁃ Hamkorlik qilish imkoniyatlari.
⁃ “Asialuxe Travel” va “O‘zbekiston havo yo‘llari” hamkorligi: qulaylik, xavfsizlik, beqiyos xizmat va sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar haqida keng ma’lumot berildi.
Tadbir davomida 100ga yaqin turistik kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishildi.
Hamkorlik asosida tayyorlandi.
Mavzuga oid
14:59 / 06.06.2026
Asialuxe Travel va Uzbekistan Airways tarixda ilk bor Samarqand – Antaliya to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysini amalga oshirdi
17:00 / 14.05.2026
Antaliyaning eng yaxshi mehmonxonalariga qanday tezroq va arzonroq borish mumkin: Asialuxe Travel Alanya (GZP) orqali qulay yo‘nalish ochmoqda
19:00 / 08.05.2026
Tabiat, tinchlik va salomatlik: Karlovi Vari bo‘ylab sayohat ota-onaga sovg‘a uchun eng yaxshi tanlov
17:00 / 19.02.2026