Sankt-Peterburgda özgartiriş allaqaçon qabul qilingan. 2024 yilda şaharda çet ellik işçi uçun patent narxi 200 rublga oşadi - oyiga joriy 4400 rubl örniga 4600 rublgaça. 

Şunga öxşaş özgarişlar 2024 yil 1 yanvardan boşlab Leningrad viloyatida ham kiritilmoqda. 

Boşqirdistonda patent narxi 2024 yilda 14,9 foizga oşadi - hozirgi 4700 rubldan 5400 rublgaça. 

2024 yilda Perm ölkasida mehnat migrantlari uçun patent narxi 5200 rublni taşkil etadi, bu 2023 yildagi joriy narxdan 10,6 foizga köpdir. 

Avvalroq, Rossiyada mehnat migrantlari uçun patent narxini tört barobar oşiriş töğrisidagi qonun loyihasi Davlat Dumasiga kiritilgan edi. 

Tahlillarga köra, 2022 yil oxirida Rossiyaga işlaş uçun borgan xorijlik fuqarolar soni 3,47 mln nafarga yetgan. Jami mehnat migrantlarining 90 foizdan ortiği Özbekiston, Tojikiston va Qirğizistondan ekani aytilmoqda.