Ekstremizm işi böyiça hibsga olingan Rossiya FXX sobiq xodimi Igor Strelkov (Girkin) öz şeriklarini Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida körsatiş kampaniyasini boşlaşga çaqirdi.
Uning şu mazmundagi xatini «Rus harakati Strelkov uçun» taşkiloti hamraisi Oleg Nelzin öqib berdi.
Strelkov, deyiladi maktubda, özini qöllab-quvvatlaş uçun imzo töplaydigan taşabbus guruhi tuzişni söragan. Strelkov, şuningdek, «Rossiyadagi barça vatanparvar kuçlarini, jamoat va siyosiy taşkilotlarini» özini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. «Bu bizning taşqi va içki tahdidlarga qarşi birlaşiş uçun imkoniyatdir», deb yozdi Strelkov maktubda.
Bir kun avval «Söl front» koordinatori Sergey Udalsov Igor Strelkov «söl va vatanparvar kuçlardan prezidentlik sayloviga yagona nomzodni saylaş böyiça praymerizda» qatnaşişini aytgan edi.
Strelkov ijtimoiy tarmoqlardagi postlari tufayli ekstremizmda ayblanib, iyul oyida hibsga olingan. U aybini tan olmadi. Tergov tafsilotlari ma’lum emas, iş maxfiy deb e’lon qilingan.
Jinoiy ayblanuvçi böliş uning prezidentlikka nomzodini qöyişiga tösqinlik qilmaydi, biroq Strelkov sudlangan taqdirda, saylovoldi kampaniyasida qatnaşa olmaydi.
Igor Strelkov (haqiqiy ismi Girkin) 2014 yilda Donbassdagi qurolli mojaroda qatnaşgan FXX sobiq xodimi. Strelkov özini 2014 yilda Ukrainada «uruş tepkisini» bosgan odam deb ataydi. 2014 yilda bir neça oy davomida u özini özi e’lon qilgan DXR «Mudofaa vazirligi»ni boşqargan.
Niderlandiya sudi 2022 yil noyabrida Strelkovni 2014 yil 17 iyul kuni Donetsk viloyatida Malayziyaning Boing samolyoti halokatida aybdor deb topib, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Ayblovga köra, Strelkov Rossiyadan «Buk» havo mudofaa tizimini yetkazib berişni söragan, keyinçalik undan 298 kişi bölgan samolyotni urib tuşirişda foydalanilgan.












