Butun poytaxt manzarasi körinib turuvçi restoran, haşamatli xonadonlar va rezidentlar uçun 33 ta jamoat hududlarini öz içiga olgan Özbekistondagi eng baland osmonöpar bino – Nest One mehmonlar uçun öz eşiklarini oçdi.
15 noyabrda oxirgi yillardagi eng şov-şuvli loyiha – köp funksiyali Nest One osmonöpar binosi qurilişi yakunlanişiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.

Nest One majmuasi alohida ekotizim sifatida öylangan bölib, şaharning ajoyib manazarasi namoyon böluvçi premial xonadonlar, ofislar va 33 ta jamoat hududlari: dökonlar, restoranlar, bolalar maydonçalari, qişki boğ, dam oliş va sport bilan şuğullaniş hududlarini özida jamlaydi.
Özbekistondagi ilk osmonöpar turar joy binosi balandligi 267 metr, ellikdan ortiq qavatdan iborat. Bino 27 000 tonna temir, 150 000 tonna betondan, mingdan ziyod insonning tunu-kun qilgan mehnati evaziga qurib bitkazildi.

Zamonaviy va xavfsiz
Tantanali tadbir Nest One muassislari, Murad Buildings asosçisi Murod Nazarov va Ozguven asosçisi Ozgur Onur Ozguvenning qutlovlari va tabrik sözlari bilan boşlandi. Ular bunday olamşumul loyihani röyobga çiqariş fikriga qanday kelganlari, loyihalaştiriş va qurilişga qança kuç va vaqt ketganligi, murakkab pandemiya davrini qanday bosib öta olganlari va zimmalaridagi majburiyatni faxr bilan ado etganlari haqida sözlab berdilar.
An’anaviy oçiliş marosimi sönggida Murodxon Nazarov tadbir taşkilotçilaridan Özbekiston madhiyasi ijro etilişini söradi.
Osmonöpar bino qurilişi 2019 yilda boşlandi va bugungi kunda Nest One – bu “Orzular amalga oşadigan maskan”dir. Osmonöpar ilk bora qöllanilgan köplab novatorlik konsepsiyalarini uyğunlaştiradi, barça işlatilgan materiallar va yeçimlar jiddiy asosga va murakkab muhandislik hisob-kitoblariga ega. Imoratda eng sönggi jahon texnologiyalari qöllanilgan va bugungi kunda dunyodagi eng xavfsiz osmonöpar binolardan biri sanaladi. Yonğin xavfsizligi barça xalqaro standartlarni inobatga olgan holda loiyhalangan.

Binoning taşqi fasadini bezaşda ötga çidamli materiallardan foydalanilgan. Binoning içki tarafida eng zamonaviy tutun seziş tizimi örnatilgan, sezgir datçiklar tufayli u sanoqli soniyalarda muammo haqida signal yöllaydi va yonğinga qarşi himoya tizimini işga tuşirişga buyruq beradi. Evakuatsiya yöllari ventilyatsiya tizimining oqilona rejalaştirilgani va makonning germetikligi tufayli tutun tölib qolişidan puxta himoyalangan. Binoda yonğinga qarşi liftlar, avariyaviy yoritiş tizimi közda tutilgan, avariyaviy elektr energiyasi generatorlari örnatilgan.





















